Bolalarni davolab savob olmoqchi bo‘lgan bola
Saidazizxon bilan gaplashib bolalikning beg‘uborligini ham, keksalikning donoligini ham ko‘rish mumkin. Bir muddat avval oqqonga chalinib, oyoq-qo‘llari shishib, yura olmay qolgan bola shifokorlarning sa'y-harakatlari bilan oyoqqa turdi.
“Bolaga bitta tikan kirsa, onaga o‘n baravar og‘riq bo‘larkan. Har kuni hadikda yashaysiz. Bu kasallik shunga majbur qilarkan. O‘g‘lim shifokor bo‘lmoqchi, bolalarni davolamoqchi” deb ko‘ziga yosh oladi onasi. Bu dard Saidazizning orzularini ham o‘zgartirdi. U kelajakda savob umidida bolalarni davolamoqchi.

Saidazizxon Eshonxonovga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0904 9472 3057 tanishi Elkan Sulaymonov nomida
Viza: 4187 8000 0025 3997 onasi Shahnoza Yo‘ldosheva nomida
Telefon: +998909908674 (onasi)
Shu dard menga kelsin edi...

Namangandan davo istab kelgan Oydina umrining kelinlik davriday shirin pallasida sinovga uchradi. Jajji chaqalog‘ini mehr bilan parvarish qilishni istasa-da, uning umri kasalxonalarda o‘tmoqda. Otalik mehri sabab qizi bilan teng azob chekayotgan Qudrat akaning ko‘zlarida cheksiz mungni ko‘rish mumkin.
“Ilik ko‘chirish muolajasi yordam berishini aytishdi. Hovlimizni sotuvga qo‘yganman. Lekin qimmat operatsiya bo‘lgani uchun uyning puliyam yetmas ekan. Shu qizim tuzalib ketsa bo‘ldi. Hamma narsaga roziman. Shu dard menga kelsin edi deyman, qizim qiynalib ketdi” deya yig‘laydi ota.
Yo‘ldosheva Oydinaga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0604 6828 7777 Yo‘ldosheva Oydina nomida
Sberbank: 5469 5500 4781 3784 Yo‘ldosheva Oydina nomida
Telefon: +998906939790 (otasi)

















