Xorazm viloyati, Xiva tumanining çekka hududlari bölmiş «Doşyoq» va «Serçali» mahallalarida mobil boğçalar işga tuşirildi.
33-son hamda 22-son umumiy örta ta'lim maktablari hududida maxsus bekatlar qurildi va Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan yetkazib berilgan «Aqlvoy» avtobusi – bepul mobil boğçalar faoliyat körsata boşladi.

Uşbu mobil boğçalar çekka va uzoq hududlarda istiqomat qiluvçi bolalarga maktabgaça ta'lim xizmatini körsatişga möljallangan bölib, quyoş energiyasidan quvvatlanadigan konditsioner bilan jihozlangan, hojatxona va boşqa qulayliklarga ega. Mobil boğçalarning har biri 48 nafar bolaga xizmat körsata oladi.
Şuningdek, tumanda 3 ta oilaviy va 1 ta davlat xususiy şerikçiligi asosidagi nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyati ham yölga qöyildi. Jumladan, Çinobod mahallasida 120 örinli «Kiçkintoy binafşa», «Şayx Najmiddin Kubro» mahallasida 3 ta oilaviy boğça oçildi.

Xiva tumanida 3-7 yoşli bolalar soni 13 mingdan ortiq bölib, yangi boğçalar oçilişi evaziga ularning maktabgaça ta'lim bilan qamrov körsatkiçi 53 foizga yetdi.

















