Xorazmda quriliş materiallarini qimmat narxlarda xarid qiliş holati aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Xiva tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda tuman obodonlaştiriş boşqarmasi mas’ul şaxslari “A.Q.” xususiy korxonasi hamda “KN.G.” MÇJdan quriliş materiallarini bozor bahosidan 571,8 mln sömga qimmat narxlarda xarid qilganliklari aniqlangan. Şuningdek, uşbu sub’yektlar tomonidan quriliş işlarini amalga oşirişda rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritiş orqali 56,1 mln söm özlaştirilganligi ma’lum bölgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Oldinroq ehtiyojmand oilalar uçun quriliş materiallari sotib olişda katta miqdorda budjet mablağlarini talon-toroj qilganlik uçun Urganç şahar obodonlaştiriş boşqarmasi mansabdorlariga ham jinoyat işi qözğatilgandi.
















