Xiva tumanidagi maktablardan birining öqituvçisidan kelib tuşgan murojaatda aytilişiça, öqituvçilar “Qonun himoyasida” xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş jamoat birlaşmasiga majburan a'zo qildirilmoqda.

Murojaatçi jamoat birlaşmasiga a'zo böliş munosabati bilan Xiva tuman XTB mudiri nomiga topşiriş uçun tayyorlangan ariza namunasini ham taqdim etdi. Unda jamoat birlaşmasiga a'zo bölib kirişda öqituvçi iş haqidan BHMning 2 foizi (5 400 söm) miqdorida biryöla olinadigan badal hamda BHMning 2 foizi miqdorida har oylik badal uşlab qolinişi söralgan.

Foto: Kun.uz 

“Qonun himoyasida” xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş jamoat birlaşmasi vakili Elbek Nazarqulovning bizga bildirişiça, birlaşma 2019 yildan beri faoliyat yuritib keladi va şu kungaça birlaşma tomonidan öqituvçilarni a'zo bölişga majburlaş harakatlari sodir etilmagan.

“Birlaşma tomonidan Xorazm hududida xotin-qizlar va bolalarga huquqiy va ijtimoiy yordam körsatiladi. Masalan, yaqinda bizga Xivadan murojaat qilgan bir ayol 2 yildan beri aliment ololmayotganini ma'lum qildi. Ayni damda yuristlarimiz uşbu ayolga huquqiy yordam beriş bilan şuğullanmoqda.

Öqituvçilar birlaşmamizga özlari ixtiyoriy a'zo bölişsa, bemalol qabul qilamiz. Lekin heç qaçon majburlamaganmiz”, – deydi Elbek Nazarqulov.

Holat böyiça Xiva tuman XTB mudiri Suxrob Ramazonov bilan ham boğlandik. U ham öqituvçilarni birlaşmaga majburan a'zo qildiriş böyiça körsatma bölmaganini bildirdi.

“Uşbu jamoat birlaşmasidan xabarim bor. Uning vakillari maktablarga kirib, birlaşma haqida öqituvçilarga ma'lumot beradi va öqituvçilarni faqat ixtiyoriy a'zo bölişga taklif etadi. Masalan, har bir maktabdan örtaça 2-3 nafar öqituvçi öz huquqlarini himoya qiliş uçun özi xohlab a'zo bölyapti. Juda borsa, 10 nafari a'zo bölyapti. Majburlab a'zo qildirilganda bu son ança köp bölardi.

Majburan a'zo qildirmaslik böyiça maktablarga tuşuntirganman. Agar şundan keyin ham maktablardan kimdir majburlayotgan bölsa, öqituvçilar menga murojaat qilişlari mumkin. Aybdorlarga çora köramiz. Şunga qaramay, barça direktorlarni yana bir marta ogohlantiraman”, – deydi Suxrob Ramazonov.

Xiva tumani maktablarining vaziyatdan xabardor öqituvçilari uşbu holatga qöşimça oydinlik kiritiş uçun