Rekord örnatilgani optik-tolali aloqa böyiça xalqaro anjumanda ma'lum qilindi. Anjumanda taqdim qilingan hisobotda muhandislar simli internet tezligini 319 terabit/soniyaga yetkazişgani aytilgan. Avvalgi rekord 2020 yilda örnatilgan bölib, öşanda mutaxassislar internet tezligini soniyasiga 178 terabitga yetkazişga muvaffaq bölişgandi.
Yangi rekord umumiy uzunligi 3 ming kilometrdan oşuvçi optik-tolali tarmoqda örnatilgan.
Hisobotda ta'kidlanişiça, rekord tezlikka mavjud infratuzilmada erişilgan. Internet tezligini bunday yuqori tezlikka oşiriş uçun infratuzilmada kiçik modernizatsiyani amalga oşiriş yetarli böladi.
Avvalgi tezlik rekordi 2020 yil avgustda britaniyalik olimlar tomonidan örnatilgan. Olimlar optik-tolali tarmoqning ötkaziş qobiliyatini kengaytiriş hisobiga rekord körsatkiçga erişganlar. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, 178 terabit/soniya tezlikda Netflix onlayn-kinoteatrining butun filmotekasini bir soniyadan kamroq vaqt içida köçirib oliş mumkin.












