Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyat maxsus komissiyasining qarori kuchini yo‘qotdi
Zoyir Mirzayevning taklifi va viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, shu paytgacha Qashqadaryo viloyatida kafe va restoranlar soat 22:00ga qadar faoliyat yuritayotgandi. Endi ana shu qaror bekor bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish obektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, ushbu tartib 20 iyuldan epidemiologik holatdan kelib chiqib, endi Qashqadaryoda ham amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Qashqadaryo viloyatida Respublika maxsus komissiyasi qaroridan farqli ravishda ovqatlanish obektlari 8:00dan 22:00gacha ishlayotgan edi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026