Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda test sinovlari «Nasaf» jamoasining ochiq mashg‘ulot maydonlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
Qarshi shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari «Nasaf» futbol jamoasining ochiq mashg‘ulot maydonlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, viloyat hokimligida ham Zoyir Mirzayev rahbarligida OTM, Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov ijod maktabiga hujjat topshirgan abituriyent hamda o‘quvchilarning test jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda test jarayonlarini namunali tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan test sinovlari «Nasaf» futbol jamoasining ochiq mashg‘ulot maydonlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda maydonlarni test sinovlariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda ham koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, test sinovlari «Nasaf» futbol jamoasining ochiq mashg‘ulot maydonlarida bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
10:51 / 14.07.2026
O‘zbekiston bo‘ylab qabul test sinovlari boshlandi
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026