Onlayn qimor va sport öyinlariga pul tikib boylik orttirişga qiziqiş nafaqat yoşlar, balki örta yoşdagilar orasida ham keng yoyilyapti. Kun.uz “Hayotiy hikoyalar” ruknida bu öyinlarga berilib, nafaqat pul yutqazgan, balki yaqin insonlari bilan munosabatlari ham darz ketgan ikki hamyurtimiz keçmişini taqdim etadi.

 “Bolalarim rizqini qimorga tikkanimdan juda afsuslanaman”

— Men voha viloyatlaridan birida, markazdan unça uzoq bölmagan tumanda yaşayman. Yolğiz onaman, bir öğlim va ikki qizim bor. Çevarlik orqasidan kunimiz ötadi. Şu mehnatim bilan bolalarimning ust-boşini butlab birovdan kam qilmay tarbiya berib kelardim...

Bir neça oy avval tanişlarim 1XBET deb nomlanuvçi futbol öyinlariga pul tikiladigan, yana boşqa öyinlar orqali oson pul topiş mumkin bölgan öyin haqida aytib berişdi, keyin telefonimda şu öyinni özlari öynab körişni iltimos qildi. Avvaliga ularga işonganim sabab öynaşlariga qöyib berdim. Ba'zi payt öyinlarini özim ham kuzatib turdim. Dastlab omadi kelib turdimi bilmadim, ikki-uç marta marta yutdi, keyin tösatdan kattaroq summa yutqazdi va asabiylaşa boşladi. Keyingi kuni qarzi olib kelib yana tikdi, yana yutqazdi.

Tomoşa qila turib, özim ham qiziqib ketgandim. Çunki birpasda 300-400 ming sömli böliş hammaga ham yoqadi-da. Haligi tanişlarim olgan qarzini tölaşga qiynalib yurgan payt ularning nomidan kirib öynadim. Qarasam binoyiday, yutyapman. Ikki marta pul tikdim va ikkalasida ham yutib çiqdim. Va tanişimning qarzini tölaşga harna yordam deb berib yubordim. U esa şu böyiça qaytib telefonimni ham söramadi, öyin ham öynamadi. Lekin şu orada meni ançayin qiziqtirib ketgani qoldi.

Men totalizator deb atalmiş bu öyin mantiğini unçalik ham tuşunmasam-da, öynayverdim: omadi kelgan yutadi, omad çopmasa pullarini havoga soçadi deb yurardim. Buning qimor ekani xayolimning bir çekkasiga kelmagandi, oddiy lotereya-ku, kundalik hayotda ham şunday öyinlar öynaladi, qolaversa, televideniyeda ham lotereya öyinlari körsatiladi-ku, deya qilayotgan işim nimaligidan bexabar yurar edim.

Tanişlarimda bölgan holat menda ham takrorlandi: kiçikroq summalarni yutganimdan söng köproq pul tikmoqçi böldim va tösatdan 10 mln söm atrofida yutqazdim. Keyin ketgan pulni qaytarib olaman deb öyin içiga yanada kirib ketdim. Atrofdagilar, yaqin tanişlarim meni öyinga judayam berilib ketganimni körib, bu öyindan birov hali baraka topmaganini aytib meni qaytarmoqçi bölişdi.

Men esa har xil usulda öynab körişda davom etar, ba'zida yutib, ba'zida yutqazar edim. Endi nafaqat öyinlarga pul tikardim, balki boşqa öyinlarda özimni sinab kördim, karta, kazino – öyinlarning boşqa turlari, xullas hammasiga qiziqib öynadim. Lekin hamon öyindan ma'no topolmasdim. Çunki sal kattaroq summa yutayotsam telefonim qotib qolardi va yutib turgan öyinni yutqazib qöyardim. Angladimki, katta summani yutişga bermaydi. Kiçikroq summalarni misol uçun 400-500 ming sömni yutiş oson, lekin ikki uç marta şunday öynab keyin töxtatmoqçi bölsam, blokka tiqişdi. Natijada jahlim çiqib yanada öyinga şönğib boraverdim.