Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt köçalarida qoidabuzarlikni aniqlovçi yangi moslama paydo bölgani töğrisida videolavha tarqaldi. IIV YHXB uşbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, yöllarda nazoratni ta'minlaşda inson omilini çeklaş, fuqarolar bilan muloqotni qisqartiriş maqsadida rejali işlar amalga oşirilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlarda "Tracker" rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga örnatilgan moslama aks etgan videolavha tarqalib, turli muhokamalarga sabab bölmoqda.

Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etişga möljallangan. Hozirda sinov tariqasida qöllanilib, tajribadan ötkazilmoqda”, deyiladi ma'lumotda. 

Qayd etilişiça, tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalaniş boşlanganda qöşimça ma'lumot beriladi.