Zangiota tumanida joylaşgan «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti taşkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.
Qarorga köra, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika işlab çiqariş, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boşqariş va boşqa tarmoqlarda xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaş közda tutilgan.
Universitet faoliyati, öquv-uslubiy boşqaruvi, ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş zamonaviy axborot texnologiyalari, fan va texnologiyalarning eng yangi yutuqlaridan foydalangan holda xodimlar tayyorlaşning umume'tirof etilgan xalqaro standartlariga muvofiq amalga oşiriladi.
Şuningdek, qarorda ta'lim beriş pullik-kontrakt asosida bölib, kunduzgi, keçki, sirtqi, masofaviy ta'lim şaklida ingliz va boşqa tillarda oliygoh hamda hamkor universitetlarda qabul qilingan ta'lim standartlari, öquv rejalari, bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlariga köra amalga oşiriş belgilangan.
Universitetga qabul 2022-2023 öquv yilida boşlanadi.











