Maktab filiali “Aspantay” OFY markazida joylaşgan bölib, unga olib boruvçi yöllar juda abgor holatga kelgan. Ovuldagilarning aytişiça, 1-maktab filiali ta'mirtalab ahvolga tuşib qolgan.

Maktab filialida faqat boşlanğiç sinflar öqişi mumkin. Öquvçilar 5-sinfdan markazdagi maktabga qatnaşadi. Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinişiça, maktabda bor-yöği 4 nafar öquvçi ta'lim oladi: 4-sinfda 1 nafar, 3-sinfda 2 nafar, 2-sinfda 1 nafar öquvçi bitta sinfda öqiydi.

Bundan avval Senat raisi Beruniyda 420 mln sömga qurildi, deb körsatilgan maktab filiali böm-böş yer bölib çiqqani haqida aytgandi. Şuningdek, Kegeylidagi maktabni ta'mirlaşda 104,8 mln sömlik, Çimboydagi maktab filiali binosini rekonstruksiya qiliş uçun ajratilgan mablağdan 105 mln sömlik, Ellikqal'adagi maktab mas'ullari qariyb 0,5 mlrd sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilib yuborilgan edi.

Eslatib ötamiz, Avvalroq Çimboy va Kegeylidagi öquvçilar maktabga eşakda qatnaşi haqida yozgandik.