O‘zbekiston | 10:29 / 23.07.2021
31177
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus holatlari bo‘yicha qatorasiga beshinchi kun antirekord qayd etildi, yana 5 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 738 kishida koronavirus, 462 kishida pnevmoniya aniqlangani, 5 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 22 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122786 (+738) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

738 holat — bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. O‘zbekistonda yangi holatlar bo‘yicha qatorasiga beshinchi kuni antirekord qayd etilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 76 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 85 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 65 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 21 nafari Xorazm viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kunlik koronavirus va pnevmoniya holatlari soni 1200tani tashkil etdi. 22 iyul kuni 719 kishida koronavirus, 492 kishida pnevmoniya (jami 1211) holatlari qayd etilgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 58 nafar,
  • Buxoro viloyatida 30 nafar,
  • Jizzax viloyatida 66 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 29 nafar,
  • Namangan viloyatida 32 nafar,
  • Samarqand viloyatida 50 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 18 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 35 nafar,
  • Toshkent viloyatida 69 nafar,
  • Toshkent shahrida 139 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 117303 (+548) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 819 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid