Jahon | 10:03 / 23.07.2021
3111
2 daqiqa o‘qiladi

Maldivda sayyohlar uchun yangi soliq joriy qilinadi

Maldiv orollari hukumati 2022 yil yanvaridan mamlakatga kirish uchun 30 dollardan 130 dollargacha miqdorda soliq - Departure Tax kiritishga qaror qildi. Ta'kidlanishicha, orollar hukumati shu yo‘l bilan hozirda aeroportlarda amal qiluvchi yig‘imlar o‘rniga yangi soliqni joriy qilmoqchi

Kelasi yildan orollarga samolyotlarning tejamkor sinfi bilan uchib keluvchi xorijliklar 30 dollar, biznes sinf bilan keluvchilar 60 dollar, birinchi sinf bilan keluvchilar 90 dollar va xususiy samolyotda keluvchilar 130 dollar miqdorida soliq to‘laydilar. Bu summalar aviachiptalar narxiga kiritiladi.

Shu bilan birga, diplomatik daxlsizlikka ega yo‘lovchilar va 2 yoshdan kichiklar ushbu soliqdan ozod qilinadi.

Maldiv turizm vaziri Abdulla Mas'umning ta'kidlashicha, bunday amaliyot boshqa davlatlarda ham mavjud. Uning fikricha, aksariyat sayyohlarda qo‘shimcha to‘lovlar bilan muammo paydo bo‘lmaydi, chunki orollarda dam olish uchun yuqori narxlar amal qiladi va unga asosan o‘ziga to‘q odamlar keladi.

Mavzuga oid