Ta'kidlanişiça, uşbu miqdor 250 ming kişini töliq emlaş uçun yetadi.

Gruziyada ayni vaqtda 3,7 mln aholining 1,5 foizi töliq emlangan, 3 foizi esa vaksinaning birinçi dozasini olgan. Xitoy Gruziyaga Sinovac va Sinofarm vaksinalaridan 1,5 mln doza yetkazgan, biroq mamlakat boş vaziri Irakliy Garibaşvilining ta'kidlaşiça, emlaş jarayoni sust bormoqda. Bunga esa aksariyat gruziyaliklar dunyodagi eng yaxşi vaksinalardan biri deb e'tirof etilayotgan Pfizer vaksinasi keltirilişini kutgani sabab hisoblanadi.

Tbilisi Covax dasturi orqali mart oyida Pfizer vaksinasidan 29,25 ming, iyulda esa 28 ming doza olgan. Biroq bu vaksinalar tezda işlatib bölingan. Ta'kidlanişiça, AQŞ sovğa qilgan vaksina Gruziyada oktyabrda ötadigan munitsipal saylovlar oldidan hukumatga juda qöl kelişi mumkin. Hukumat parlamentga navbatdan taşqari saylovlardan qoçiş uçun partiya röyxatlari böyiça saylovçilar ovozlarining 43 foizini töplaşi lozim.