Ta'kidlanişiça, 23 iyul soat 17da Ozarboyjon qurolli kuçlari Armanistonning çegaraning Gegarkunik uçastkasidagi pozitsiyalarini öqqa tutgan. Bundan avvalroq esa Ozarboyjon harbiy bazasida otişma yuz bergan. Bu ozarboyjonlik harbiylar örtasidagi özaro nizo bilan boğlangan bölişi mumkin.
Arman çegaraçilari javob öqi uzgan, buning oqibatida bir ozarboyjonlik harbiy halok bölgan. Şuningdek, 3 nafar arman harbiysi öqotar quroldan jarohat olgan, ularning hayoti xavf ostida emas.
14 iyulda ham ikki davlat çegarasida otişma yuz bergandi. Yerevanda ta'kidlanişiça, öşa voqea vaqtida ozarboyjonlik harbiylar öz pozitsiyalarini ilgari suriş uçun muhandislik işlari olib borişga harakat qilgan.












