Pokiston harbiylar va jangarilar ötişini töxtatiş uçun Afğoniston bilan çegaraga armiya jönatdi. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Şayx Raşid Ahmadga tayanib Dawn gazetasi xabar berdi.
"Endilikda çegarani muntazam qöşinlar nazorat qiladi", - deya Ahmadning sözlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Qayd etilişiça, harbiylar noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşuvçi çegara politsiyasining örnini egallaydi.
Içki işlar vazirining sözlariga köra, qöşni davlatdagi beqaror vaziyat sababli Pokiston nafaqat qoçqinlar, balki jangarilar va harbiylar çegarani kesib ötişining oldini olişiga töğri keladi.
Ahmadning qöşimça qilişiça, Afğonistondagi nizo mamlakatning içki işi hisoblanadi va Islomobod heç bir tomonning tarafida bölmaydi.
Avvalroq Şayx Raşid Ahmad Pokiston afğonistonlik qoçqinlarga öz çegaralarini oçmaslikka qaror qilgani haqida aytgandi.













