Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda “Jihodçilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari faoliyatiga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, duradgorlik bilan şuğullanuvçi, 1998 yilda tuğilgan şaxs muqaddam Turkiyaning Istambul şahrida işlagan vaqtida “Tavhid va jihod katibasi” terroristik taşkiloti emissarlari ta'siriga tuşadi va keyinçalik yaşaş manziliga qaytib kelgaç, mazkur taşkilot ğoyalarini atrofdagilarga tarğib qila boşlaydi. Natijada 9 kişidan iborat guruh şakllanadi.
18-27 yoş oraliğida bölgan guruh a'zolari orasida reklama agentligida va poyabzal işlab çiqariş sexida işlovçi, şuningdek, uy şaroitida bolalar kiyimlari işlab çiqariş va sartaroşlik bilan şuğullanuvçi şaxslar bor.
Guruh a'zolarining mobil telefon apparatlarida respublika qonunçiligida ta'qiqlangan audio-video körinişidagi diniy materiallar borligi aniqlangan.
Hozirda Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











