Trampning BAA foydasiga ishlashda ayblangan sobiq maslahatchisi 250 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqdi
74 yoshli sobiq maslahatchi qator shartlar asosida ozodlikka chiqarildi. Uning pasporti olib qo‘yildi, qayerda yurgani esa GPS-treker orqali kuzatib turiladi. Shuningdek, sobiq maslahatchi komendantlik soatiga rioya qilishga majbur.

Foto: AP
Sud AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Tomas Barakni 250 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Barak Tramp ma'muriyatining tashqi siyosatiga ta'sir ko‘rsatish maqsadida maxfiy ravishda BAA uchun ishlaganlikda ayblangandi.
74 yoshli sobiq maslahatchi qator shartlar asosida ozodlikka chiqarildi. Barakning pasporti olib qo‘yildi, uning qayerda yurgani esa GPS-treker orqali kuzatib turiladi. Shuningdek, sobiq maslahatchi komendantlik soatiga rioya qilishga majbur.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Barak Koloradodagi kompaniyasi rahbari Mettyu Grayms va Birlashgan Arab Amirligi hukumati manfaatlarini himoya qiluvchi biznesmen Rashid Sulton al-Malik Alshohiy bilan til biriktirgan.
Tramp prezident bo‘lgach, Barak amerikalik yuqori martabali amaldorlarga Yaqin Sharqdagi tashqi siyosat masalalari bo‘yicha norasmiy ravishda maslahat berib kelgan, deb yozadi AP.
Bundan tashqari, Barak BAA rasmiy shaxslariga Tramp ma'muriyati faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy ma'lumotlarni berganlikda ayblangan.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 16:09
-
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat | 15:45
-
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi
Jahon | 15:34
-
O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA): avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish uchun soha yetakchilarining birlashmasi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?

15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi

19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi

21:10 / 09.02.2022