Mahalla Nurota toğ tizmalari etagida joylaşgan. Atrof qir-adirlik bölgani sababli qadoqliklar asosan çorvaçilik va qisman dehqonçilik bilan rözğor tebratişadi. Davlat işida işlaydiganlar ham öz xonadonida heç yöqsa 4-5 boş qöy boqadi.

2020 yilning dekabr oyida mahallada ketma-ket qöy va eçkilar yöqola boşlaydi. IIB xodimlari oradan 7 oy ötsa hamki, öğrilarni topa olişmayapti. Kun.uz fuqarolarning murojaati asosida holatni joyiga borib örgandi.


Mahallaning Tikonli qişloğida yaşovçi Mamarasul Nizomov uyida yolğiz yaşaydi. Uning ma'lum qilişiça, köpçilik hamqişloqlari öz çorvasini ertalab qöradan çiqarib yuboradi. Kun böyi toğda ötlagan qöy-eçkilar keçga yaqin özi qaytib keladi. Öşa kuni Mamarasul aka 14 boş eçkisini toqqa çiqarib yuborgan. Şundan 2 boş eçki qaytib kelgan, qolgani ğoyib bölgan.

«Eçkilar toqqa ketgandi, keçqurun qaytişmadi. Ertasi kuni tongda bittasi keldi. Qolganlarini kuni bilan izladim, ammo topolmadim. Keçqurun yana bittasi qaytib keldi. Keyin profilaktika inspektoriga xabar berdim. U ham izladi. Biroq eçkilar topilmadi. Yaqinda bir yil böladi bu voqeaga. Harakat bölmayapti eçkilarni topişga. Öşanda mahallamizda bir oyda 4 marta öğrilik jinoyati sodir böldi. Birortasi ham oçilmadi. Oradan 4-5 oy ötgaç profilaktika inspektori bir-ikki odam bilan kelib, deloni yopiş uçun «eçkilarim özi kelib qoldi», degan mazmunda ariza yozib berişimni söradi», deydi Mamarasul aka.
Hududning profilaktika inspektori Jamşid Dösmatov işni şu tariqa yopmoqçi bölgan. Lekin Mamarasul Nizomov «Men qonunni ham, xalqni ham aldamayman», deya aytilgan arizani yozib bermagan. Umuman olganda, Qadoq mahallasi tuman IIB boşliğining sektori hududiga kirar ekan. IIB xodimlari işidan norozi bölgan faqatgina Mamarasul aka emas. Mahallaning Anna qişloğida yaşovçi öqituvçi Alijon Nabiyev uyi yonidagi qöradan 6 boş zotdor qöyni olib ketgan öğrilarni topişda IIB xodimlari sustkaşlikka yöl qöygan deb hisoblaydi.















