Jazirama ta'sirida ham dard orttiriş mumkin – mutaxassisning issiqdan himoyalaniş böyiça maslahatlari
|20:05 / 26.07.20219 2248 min
Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş markazi direktori Barno Odilova jazirama kunlarda issiqdan himoyalaniş hamda soğlom turmuş tarziga rioya qiliş böyiça ma'lumotlar berdi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Serquyoş yurtimizda yozning jazirama davrida havo harorati 40 darajadan yuqori bölişi odatiy hol. Quyoş ostida uzoq vaqt böliş natijasida ultrabinafşa nurlar organizmga salbiy ta'sirini körsatadi. Şu sabab, quyoşning tik nurlaridan saqlaniş lozim, aks holda oftob urişi kuzatilişi mumkin. Bunday paytda kunning issiq vaqtida boşyalang yurganda boş qizib ketadi, quyoş nuri ta'sirida boş miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari kengayadi va butun tanada issiq qon aylanib, oftob uriş holati yuz berişi mumkin.
Issiq haroratning ta'siri va oftob urganda birinçi yordam:
oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, soçiqni muzdek suvga höllab boşiga qöyiladi;
kiyimlari böyin kökrak sohalarini siqib turgan bölsa, böşatiladi yoki, tananing oçiq joylari muzdek suvga höllangan daströmol, soçiq yoki mato bilan höllanadi yoki ust-boşlarini yeçib, muzdek suvga çoyşabni höllab butun tanasiga öraladi;
böyin va qöltiq sohasiga muz xaltaçalari qöyiladi;
oftob urgan kişiga oz-ozdan suyuqlik içiriladi va zudlik bilan tez yordam çaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunça yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi;
Oftob urişining oldini oliş uçun:
iloji boriça kunning birinçi yarmida boş kiyim kiygan holda sayr qiliş;
sayrga boş soyabon ham olib çiqiş;
imkoni boriça havosi salqin bölgan joylarda kunni ötkaziş;
jismoniy faol harakatlar bilan şuğullanişni esa salqin vaqtlarda ertalabki yoki keçki soatlarda ötkazgan ma'qul;
oftobdan kuyişning oldini oliş uçun maxsus oftobdan saqlovçi kremlardan foydalaniş mumkin;
kunlik ratsion yengil hazm böladigan taomlar hamda meva va sabzavotlardan iborat bölişi;
köproq suyuqlik iste'mol qiliş ayniqsa çanqovbosdi içimliklarni içiş (gazlanmagan qadoqlangan suv, ayron, nordon mevalarning şarbatlari, şakarsiz kompotlar, mors va kvas va h.k.);
Mavzuga oid
kofe, şirin gazlangan suvlarni iste'mol qilmaslik maqsadga muvofiq.
spirtli içimliklarni içmaslik tavsiya etiladi;
tuzlangan va aççiq mahsulotlarni çegaralaş lozim;
kunning issiq vaqtlarida uzoq yölga çiqmang;
maşina salonlarida yoş bolalarni va qariyalarni uzoq qoldirmaslik kerak.
Oftob nurining faollaşgan paytida, ya'ni soat 11:00-12:00 dan to soat 16:00-17:00 largaça iloji boriça salqin xonalarda, köçaga çiqmasdan uyda böliş tavsiya etiladi. Uyda xonalar ham quyoş nurlari ta'sirida bölmasligi uçun derazalarga himoyalaniş maqsadida mato tutiş maqsadga muvofiq;
! Kun davomida köproq suv içiş lozim, har bir xonadonda toza içimlik suv bölişiga e'tibor beriş kerak.
Jazirama issiq şaroitlarda kiyiniş:
havoni yaxşi ötkazadigan, tabiiy matolardan tikilgan;
quyoş nurini qaytaradigan, terni öziga şimadigan;
keng tikilgan va tanaga yopişib turmaydigan kiyimlarni kiyiş tavsiya etiladi.
Şuningdek, töq rangli yoki qora va jigarrang matodan tikilgan kiyimlar öziga issiqlik va quyoş nurini köp tortadi natijada tana qizib ketadi va issiq urişi kuzatiladi. Aksinça, oçiq rangli yoki oq rangli matolardan kiyimlar kiyiş lozim. Ular issiqlik va quyoş nurini qaytaradi va oftob urişining oldini oladi.
Yozning issiq kunlarida ham karantin qoidalariga töla rioya qilgan holda, niqobni yeçmasdan uni taqib yurişga moslaşiş kerak:
issiq havo natijasida niqob ostida nojöya ta'sirlar (qiçişişi, mayda toşmalar) bölmasligi uçun 1-2 soatdan almaştiring;
niqob ostida yuz terlamasligi uçun tabiiy matodan tayyorlangan bir neça martalik niqoblarni tanlaşingiz mumkin. Ular yumşoq bölişi, paxta ipli matodan bölsa yaxşi. Yeçgandan söng uni xöjalik sovunida yuvib, dazmollang;
niqob osti allergik holatlari bölmasligi uçun gipoallergen materiallardan tayyorlangan bir martalik dorixona niqoblaridan foydalaniş mumkin;
umuman, niqob kiyişdan oldin yuzingizni yaxşilab yuving;
niqobni tez-tez almaştirib turiş uçun yoningizda bir neçta niqob olib yuring.
Konditsionerdan foydalaniş
Konditsioner ostida uzoq vaqt ötirmang, juda past haroratga moslamang;
Konditsionerning sovuq şamoli tanangizga töğridan töğri esmasin;
Issiqdan terlab turib konditsioner işlab turgan xonaga kiriş qator kasalliklarga turtki bölişi mumkin.
Suv havzalarida çömiliş
Kunning juda issiq paytlarida, ayniqsa quyoşda toblangandan keyin muzdek hovuz yoki oqar suvga birdaniga tuşiş mumkin emas. Çunki tana harorati bilan suvning orasidagi keskin farq tufayli tomirlar tortişişi yuzaga kelişi mumkin. Bunda oyoq tomirlarining tortişişi, hattoki miya yoki yurak tomirlarining keskin qisqarişi oqibatida ular faoliyatini qöqqisdan buzilişi ham yuzaga kelişi ehtimoli bor. Bu esa juda jiddiy holat hisoblanadi.
Yoz faslida soğlom turmuş tarziga amal qiliş
Issiq kunlarda kun tartibi va şaxsiy gigiyena, karantin qoidalariga amal qiliş, keçqurun iliq duş qabul qilişga odatlaniş lozim.
Faslga mos kiyinişga rioya qilgan inson soğlom, tetik va özini odamlar orasida yaxşi sezadi. Kiyim – inson tanasini taşqi muhit ta'sirlaridan saqlaydi.
Havo isib ketgan paytda tanamizni asraş uçun quyidagilarga ahamiyat beriş lozim. Avvalo, yoz kunlari boşni quyoş nuridan asraş uçun maxsus boş kiyimlar kiyiş kerak hamda soyabonlardan foydalaniş maqsadga muvofiq böladi.
Issiq havoda terlaş natijasida organizm yöqotadigan suv va zarur moddalar oqsil, vitamin va mineral tuzlar örnini qoplaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu sabab ovqatlaniş va içimliklar içişga ham e'tibor beriş lozim.
Taomlar: - issiq kunlarda köproq suyuq va yengil hazm böladigan ovqatlar bölgani ma'qul. Barra sabzavotlardan kökatli salatlar tayyorlab yeyiş lozim. Bundan taşqari - qatiqli suyuq taomlar (akroşka), göja kabilar ayni yoz fasli uçun mos ovqatlar.
Har kuni höl mevalar va sabzavotlarni iste'mol qiliş kerak.
Quyidagilarga e'tiborli böling!
Qaynatilmagan suv içmang;
Meva va sabzavotlarni yuvmasdan yemang;
Köp ovqat yeb qöymang;
Tayyorlangan ovqatlarni uy haroratida 2 soatdan ortiq saqlamang;
Barça pişirilgan va tez buziladigan oziq–ovqat mahsulotlarini sovitkiçda (+50 S darajali past haroratda) saqlang;
Tayyor taomlarni dasturxonga tortgunça issiq holda saqlang (600S darajadan yuqori);
Taomni hatto sovitkiçda ham uzoq vaqt saqlamang;
Yaroqlilik muddati ötib ketgan mahsulotlarni iste'mol qilmang;
Kofe, şirin gazlangan rangli içimliklarni iste'mol qilmang, çunki ular aksinça çanqatadi;
Tuzlangan va aççiq mahsulotlarni çegaralang;
Oziq-ovqat mahsulotlarini qölga oling va taom tayyorlaşdan avval qöllarni sovunlab yuving;
Ovqat tayyorlaş jarayonida foydalaniladigan barça narsalar yuzasi va oşxona anjomlarini yaxşilab yuvib, dezinfeksiya qiling;
Oşxona va oziq–ovqat mahsulotlarini haşarotlardan himoyalang.
Yuqoridagilarga amal qilinganda, oşqozon-içak tizimida noxuş holatlar kuzatilmaydi.
Jazirama issiq kunlarda quyoş nurlaridan saqlaning va soğliğingizga e'tiborli böling, özingizni asrang!