Samarqand şahridagi «Lokomotiv» markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol maydoni hamda Samarqand şahar 2-Bolalar va ösmirlar sport maktabi stadionida Prezident maktabiga talabgor öquvçilar uçun test sinovlari ötkazilmoqda. Bugun kunning birinçi yarmida ötkazilgan test sinovlarida ikki ming nafardan ortiq talabgorlar test sinovlarida iştirok etmoqda. Bu haqda Davlat test markazi Samarqand viloyati bölimi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, ilk öquv yili uçun Samarqanddagi Prezident maktabiga 14 ming nafardan ortiq öquvçi yoşlar ariza topşirgan. Şundan 13 329 ta hujjat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Belgilangan tartibga köra, ayni paytda talabgorlar dastlabki bosqiç sinovlarida iştirok etmoqda. Ilk bosqiç sinovlari 26, 27, 28 iyul kunlarida ötkazilişi belgilangan.

Qayd etilişiça, test jarayonlarini şaffof va haqqoniy ötkaziş maqsadida tegişli hamkor taşkilotlar bilan birgalikda barça zaruriy çoralar amalga oşirilgan. Öquvçilar töliq Face ID tekşiruvidan ötkazilib, karantin qoidalariga amal qilingan holda test jarayonlariga kiritilmoqda. Bevosita Cambridge Assessment taşkiloti vakillari test jarayonlarini onlayn kuzatişmoqda. Ota-onalar uçun ham onlayn tartibda kuzatiş imkoniyati yaratilgan.

Ta'kidlanişiça, test jarayonlari yakunida barça javob varaqalari şu yerning özida maxsus muhrlanib, Buyuk Britaniyaga jönatiladi. Cambridge Assessment taşkilotida javoblar maxsus uskunalarda tekşirilgan holda natijalar e'lon qilinadi.

Taşkilotçilarning ma'lum qilişiça, dastlabki sinov natijalari avgust oyining örtalarida e'lon qilinişi közda tutilgan. Ikkinçi bosqiç sinovlari avgust oyining ikkinçi yarmida ötkazilişi rejalaştirilgan.

Prezident maktablari loyihasi Cambridge Assessment taşkiloti bilan hamkorlikda amalga oşirilişi bilan birga, uşbu loyihani yanada samarali yölga qöyiş maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tomonidan köplab xorijiy mutaxassislar ham jalb qilingan. Ular ham bevosita test jarayonlarini kuzatib, tavsiya va körsatmalarini berib bormoqda.