Dzyudo jamoasi vakili Şarofiddin Boltaboyev çorak finalda yutqazib, bronza uçun ötiş bahslarida ham muvaffaqiyatsizlikka uçradi, boksçi Bobo-Usmon Boturov ilk jangida ğalabaga erişib, keyingi bosqiçga ötdi.
Boks
Boks böyiça -69 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Boturov Olimpiadadagi iştirokini muvaffaqiyatli boşladi. U dominikanlik Rohan Polankoga qarşi ringga çiqib, 4:0 hisobida ğalaba qozondi va 1/4 finalga yöllanma oldi. U çorakfinalga çiqqan ilk özbekistonlik boksçidir.

U endi 30 iyul kuni çorak finalda Buyuk Britaniya vakili Pet Makkormakka qarşi ringga çiqadi.
Bungaça beş nafar özbekistonlik boksçi - Tursunoy Rahimova, Elnur Abduraimov, Dilşod Rözmetov , Şahobiddin Zoirov va Fanat Qahramonov ham ilk janglarda ğalabaga erişib, 1/8 finalga yöl olgandi.
Taekvondo
+67 kg vaznda Özbekiston şarafini himoya qilgan taekvondoçi Svetlana Osipova 1/8 finalda qozoğistonlik Jansel Denizga qarşi jang qildi. Hisob 9:9 bölib turgan vaqtda Osipova sönggi soniyalarda qöl zarbasini ötkazib yubordi va mağlubiyatga uçradi.

Qozoğistonlik sportçi ham finalgaça yetib bora olmadi va Osipovada bronza medal uçun kuraşiş imkoniyati bölmadi.
Dzyudo
Dzyudo böyiça -63 kg vazn toifasida iştirok etgan Farangiz Hojiyeva Kabo-Verde vakili Sandrin Billetga qarşi bahs yuritib, oğritiş usuliga tuşib qoldi va mağlubiyatga uçrab, Olimpiadani tark etdi.

Dzyudoçilar jamoasining medal olişi kutilgan yana bir vakili Şarofiddin Boltaboyev (-81 kg) ham işonçni oqlay olmadi.
U 1/16 finalda vanuatulik Ugo Kumboga qarşi bellaşuvning 1:21 soniyasida uşlaş uslubida mağlub etib, nimçorak finalga ötdi. Nimçorak finalda esa bolgariyalik Ivayla Ivanovga qarşi gilamga çiqdi. Asosiy vaqtda hisob oçilmagaç, oltin oçko uçun qöşimça raundda Şarofiddin Boltaboyev bitta vazari bahosini qölga kiritib, ğalaba qozondi.


















