AQŞ harbiylari “Tolibon”ga qarşi kuraş olib borayotgan afğon hukumat kuçlarini havodan qöllab-quvvatlaş maqsadida joriy haftada ham samolyot va dronlardan foydalandi. Bu haqda Pentagonga tayanib Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Pentagon vakili mayor Robert Lodevik oxirgi kunlarda samolyot va dronlar yordamida toliblarga zarbalar berilganini ma'lum qilgan, biroq uşbu amaliyotning qolgan tafsilotlarini keltirmagan.
AP’ning ta'kidlaşiça, zarbalar berişda qöllangan aviatsiya AQŞ Afğonistondan jangovar samolyotlarini olib çiqib ketgani sababli mamlakat taşqarisidagi aerodromlardan havoga kötarilgan.
AQŞ ötgan haftada ham Afğonistonda toliblar pozitsiyalari va ular egallab olgan harbiy texnikaga aviazarbalar bergandi.
Avvalroq AQŞning markaziy qömondonligi qömondoni general Kennet Makkenzi Kobulga taşrifi vaqtida hukumat qöşinlariga AQŞ tomonidan havodan kömak körsatilişiga va'da bergan.













