Tesla kompaniyasining bir çorak böyiça sof daromadi ilk bor bir milliard dollardan oşdi. Kompaniya hisobotida ta'kidlanişiça, Tesla 1 apreldan 30 iyungaça oraliqda 1,14 mlrd dollar sof daromad oldi.
Bu qiymat Tesla’ning 2020 yil 2-çorakda olgan sof daromadidan 10 marta köproqni taşkil qiladi. Kompaniyaning joriy yil 2-çoragi böyiça tuşumi 2020 yilning şu davriga nisbatan 12 mlrd dollar köproqni taşkil qilgan.
Bundan taşqari, 2021 yil 2-çorakda Ilon Mask kompaniyasi işlab çiqarilgan va sotilgan elektromobillar soni böyiça ham rekord körsatkiçlarni qayd qildi. Kompaniya uşbu çorakda 206 ming 421ta maşina işlab çiqarib, 201 ming 304ta maşinani öz egasiga yetkazib bergan. Bu kompaniya taşkil etilgan 2003 yildan beri eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Kompaniya, şuningdek, Berlin yaqinida gigafabrika va AQŞning Texas ştatida yana bitta zavod qurilişi muvaffaqiyatli olib borilayotganini ma'lum qilgan. Uşbu zavodlarda ilk maşinalar joriy yildayoq çiqişi kutilmoqda.












