Mingdan ortiq kişini 21 milliard sömga çuv tuşirgan «Human» xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbariga 10 yil.

400 nafarga yaqin şaxsni aldab ketgan “Straus House” ta'sisçisiga 9 yil.

16 ming fuqaro 23 mlrd sömga çuv tuşgan “Avto oltmish oy”işida MÇJ rahbariga 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Minglab odamlarni milliardlarga çuv tuşirişsa ham, sud firibgarga 10 yildan oşiq berolmaydi.

Şubhasiz, firibgarlik jamiyat sillasini quritişda korrupsiyadan sira ortda qolişmayapti. Uning zararlari haqida ortiqça töxtalmoqçi emasmiz. Biz bugun jamiyatimizda firibgarlarning qay darajada jazolanayotganini körib çiqişni maqsad qildik.

Jinoyat kodeksining 168-moddasiga köra, şaxs har qança katta summada firibgarlik qilsa ham, unga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini 10 yildan ortiq muddatga beriş mumkin emas. Lekin amaliyot körsatib turibdiki, mana şu 10 yil ham juda kam hollarda tayinlanadi.

Bu hali hammasi emas.

Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş degan narsa ham borki, bu şundoq ham yengilroq jazo olgan şaxslarni ma'lum muddat ötib jazodan biratöla ozod qilib yuboradi.

Ya'ni, agar firibgar 8 yillik jazo olgan bölsa, u 4 yildan keyin jazodan ozod etilişi mumkin.

Yoki kimnidir 50 mln sömga “tuşirib” ketgan firibgarga 3 yil berilsa, u 73-moddadan foydalanib, oradan 1 yil ötib oçiqqa çiqişi mumkin.