60 davlat içida 56-örin: Özbekiston – kriptomaynerlar hujumiga eng köp uçraydigan mamlakat
|01:52 / 29.07.202122 1359 min
Özbekistonda kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosati yetarli yölga qöyilmagan, kiberxavfsizlik strategiyasi yöq, doimiy monitoring ham olib borilmaydi. Axborot xavfsizligi böyiça mutaxassis Bahodir Ahmedov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida mamlakat xavfsizligining e'tibordan çetda qolayotgan nuqtalari haqida söz yuritadi.
Kiberxavfsizlik xalqaro siyosatning dolzarb masalasiga aylanib ulgurdi, bu esa raqamli iqtisodiyotning rivojlanişi hamda axborot jamiyati şakllanişining ayrim jihatlariga boğliqligi bilan asoslanmoqda.
Global reytinglarda Özbekistonning mavqeyini oşiriş davlat siyosati darajasida kötarilgan. Şu sababli, kiberxavfsizlik darajasini aniqlaş böyiça xalqaro va milliy reytinglarni örganiş, ularda belgilangan baholaş mezonlari böyiça davlat organlari va taşkilotlarida, muhim axborot infratuzilmasi obektlarida axborot xavfsizligi siyosatini samarali yölga qöyiş dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ma'lumot örnida ta'kidlaş joizki, kiberxavfsizlik sohasida “internet aşyolar” bilan boğliq tahlikalarning yuzaga kelayotgani jiddiy xavotirlarga sabab bölmoqda. Baholaşlarga köra, bugungi kunda 20 mlrd.ga yaqin qurilmalar internetga ulangan holda işlaydi, kelgusi beş yil içida bu körsatkiç ikki barobar oşişi taxmin qilingan.
Davlat organlari va taşkilotlarida belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilmalardan foydalaniş oqibatida kibertahdidlar soni va kölamining ortib borişiga şaroit yaratilmoqda. Bu holatni esa davlatimizning kibertahdidlarga duçor böliş indeksida (CEI – Cybersecurity Exposure Index) 108 ta davlat orasida 70-örinda, ya'ni kiberhimoyaning eng past darajasi – 0,7121 indeks bilan baholanganida köriş mumkin.
“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi 2020 yilda ötkazgan monitoring natijalariga köra, internet milliy segmentida axborot va kiberxavfsizlikka tahdid soluvçi 27 mln.dan ortiq zararli va şubhali tarmoq hodisalari kuzatilgan.
Kuzatilgan tahdidlarning asosiy salmoği
Mazkur davr içida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari veb-saytlariga nisbatan sodir etilgan hodisalar soni 144 foizga ösgan, 243 ta veb-sayt ekspertizadan ötkazilgan, “UZ” milliy domeni hududida 337 ta, şundan davlat taşkilotlari veb-saytlarida 79 ta axborot xavfsizligi hodisalari aniqlangan.
Mavzuga oid
Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi tahlilçilarining kiberxavfsizlik darajasi böyiça dunyo davlatlari reytingi natijalariga köra,
Özbekiston kriptomaynerlar hujumiga eng köp uçraydigan mamlakat deb topilib, 60 ta davlat içida 56-örinni egallagan.
Şuningdek, kiberxavfsizlik ta'minlangani yuzasidan eng yuqori körsatkiçlarni egallagan davlatlardan biri bölmiş Yaponiyada kiberxavfsizlikni ta'minlaş bilan boğliq qonunçilik 6 ballga, Özbekistonda esa 3 ballga; kiberhujumlarni bartaraf etişga şaylik holati Yaponiyada 0,7 ballga, Özbekistonda – 0,2 ballga baholangan.
Bugungi kunda mazkur yönalişda bir qator kiberxavfsizlik darajasini aniqlaş böyiça baholaş indekslari orqali dunyo davlatlarining reytinglari tuziladi. Xususan, global kiberxavfsizlik indeksiga (GCI) köra, 2017 yilda Özbekiston Respublikasi 93-örinda qayd etgan bölsa, 2021 yilda 23 pozitsiyaga kötarilib, 71,11 körsatkiç bilan 70-örinda qayd etildi va kiberxavfsizlikni mustahkamlaş böyiça MDH davlatlari orasida 4-örinni egalladi.
2021 yilda Estoniya Elektron boşqaruv akademiyasi tomonidan naşr etilgan milliy kiberxavfsizlik indeksida (NCSI) 160 ta davlat içida Özbekiston Respublikasi 31,17 reyting körsatkiçi bilan 95-örinda qayd etildi. Şuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanişi körsatkiçi böyiça 95-örinni egallagan.
Özbekiston Respublikasining NCSI indeksidagi körsatkiçlari
Uşbu indeks 12 ta asosiy mezonlar kiritilgan 3 ta guruhdan iborat. Bularga:
1) kiberxavfsizlik umumiy mezonlari;
2) xavfsizlikning tayanç mezonlari;
3) mojaro va keskin özgarişlarda özini tutiş mezonlari kiradi.
Har bir 12 mezon özaro boğliq 46 ta körsatkiçlardan taşkil topgan. Har bir mezon ölçovi maksimal 100 foiz etib belgilangan.
2021 yilda taqdim etilgan kiberxavfsizlik indeksida Özbekiston har bir mezon böyiça quyidagi körsatkiçlarga erişgan.
Özbekiston Respublikasining NCSI indeksining har bir mezoni böyiça töplagan baholari
Natijalardan körinib turibdiki, 4 ta mezon böyiça Özbekiston Respublikasi 50 foizdan ortiq körsatkiçga erişgan. Bunda “kibertahdidlarni tahlil qiliş” – 60%, “ta'lim va kasbiy rivojlantiriş” – 67%, “elektron identifikatsiya qiliş va işonç xizmatlari” – 78% va “kiber hodisalarga javob qaytariş” – 50% mezonlari yuqori körsatkiçlarga ega bölgan.
Indeksdagi bir qator mezonlarda belgilangan körsatkiçlar böyiça past foizlarda berilgan. Bunda Özbekistonda kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatining yetarli yölga qöyilmagani, muvofiqlaştiriş masalalari, kiberxavfsizlik strategiyasining mavjud emasligi, vakolatli nazorat organining yöqligi, doimiy monitoring olib borilmasligi kabi muammolar mavjudligi közga taşlanadi.
Mamlakatda 2020 yilga möljallangan Davlat dasturi loyihasida 2020 yilning 1 sentyabriga qadar Özbekiston kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini şakllantiriş böyiça çora-tadbirlarni, şu jumladan
2020-2023 yillarga möljallangan Milliy kiberxavfsizlik strategiyasini va kiberxavfsizlik töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqiş rejalaştirilgan edi. Biroq mazkur strategiya va qonun loyihasi hamon işlab çiqilgani yöq.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, Özbekistonning mazkur baholaş indeksidagi örnini bir qator Yevropa, MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan soliştiriş muhim ahamiyatga ega.
Özbekiston Respublikasining NCSI indeksidagi natijalarini boşqa davlatlar bilan soliştiriş jadvali
Bunda aynan mazkur indeksning qaysi mezonlari böyiça kiberxavfsizlikka oid çora-tadbirlarni amalga oşiriş kerakligi yaqqol közga taşlanadi. Quyida har bir 12 ta mezon böyiça qiyosiy ma'lumotlar keltiriladi.
Özbekiston Respublikasining NCSI indeksining har bir mezoni böyiça natijalari soliştirilgan jadval
Özbekiston Respublikasining NCSI indeksining har bir mezoni böyiça natijalari soliştirilgan jadval
Körinib turibdiki, asosiy mezonlar böyiça Özbekiston Respublikasi past körsatkiçlar bilan baholangan.
Misol uçun, “harbiy kiberoperatsiyalar” mezoni böyiça Qurolli kuçlar tarkibida kiberbölinmalarning mavjud emasligi, kiberoperatsiyalar böyiça ötkaziladigan xalqaro va mintaqaviy öquv maşğulotlarida iştirok etmaslik kabi holatlarga oid körsatkiçlarda 0 foiz körsatilgan. Demak, aynan şu yönalişdagi işlarni kuçaytiriş lozim böladi.
Reytingda mavjud 46 ta indikator jami 77 ballni taşkil qilib, Özbekiston 24 ball yoki 31,17 % körsatkiçga erişgan. Agar mutlaq “nol” qiymatdagi körsatkiçlarni kamida bitta poğona kötarişga erişiladigan bölsa, umumiy 54 ball yoki 70,13 % körsatkiç bilan reytingda 25-öringa kötariliş imkoniyati mavjud. Bu esa Özbekistonni Osiyo davlatlari orasida 15-örindagi Singapur (80,52 %) va 21-örindagi Malayziyadan (71,43 %) keyingi örinlarga olib çiqadi.
Uşbu indeks köpgina davlatlar bilan köp yillik maslahatlaşuv natijalari asosida işlab çiqilgan. Bu indeks global kiberxavfsizlik indeksiga (GCI) muqobil variant hisoblanib, undan farqi körsatkiçlar böyiça hisoblanayotgan ballar şaffof, har bir davlat öziga qöyilayotgan bahoni maxsus onlayn platforma (www.ncsi.ega.ee) orqali kuzatiş imkoniyati yaratilgan.
Mazkur indeksni yaratiş va boşqariş işlari Estoniya Respublikasi taşqi işlar vazirligi tomonidan moliyalaştiriladi.
Kelgusida Özbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta'minlaş darajasini oşiriş böyiça quyidagi tadbirlarni amalga oşiriş maqsadga muvofiq:
— Özbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini qabul qiliş, “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi qonun hamda “Yöl xaritasini”ni işlab çiqiş;
— “Kiberjinoyatçilik töğrisidagi konvensiya”ni ratifikatsiya qiliş;
— mintaqaviy va xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik bilan şuğullanadigan yetakçi taşkilotlarning yiğilişlarini Özbekiston Respublikasida ötkaziş hamda biror mamlakatning kiberxavfsizlik salohiyatini oşirişga qaratilgan loyihalarida iştirok etiş;
— kiberxavfsizlikka oid mintaqaviy va xalqaro darajada taşkil etiladigan musobaqalarda iştirok etiş imkoniyatlarini körib çiqiş;
— kiberxavfsizlik siyosatini milliy darajada muvofiqlaştiriş uçun qömita, kengaş yoki işçi guruhlar faoliyatini yölga qöyiş;
raqamli xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar zimmasiga kiberxavflarni boşqariş vazifalarini yuklaşning huquqiy asoslarini işlab çiqiş;
— axborot xizmatlari körsatuvçi kompaniya va taşkilotlarning kiberxavfsizlik siyosatini samarali yölga qöygani böyiça hisobdorligini oşiriş;
— davlat sektoriga raqamli xizmatlarni taqdim etuvçilarning kiberxavfsizlik talablarini bajarişiga oid javobgarligini kuçaytiriş;
— örta ta'lim maktablarining öquv dasturlariga kiberxavfsizlik va kompyuter xavfsizligi soatlarini kiritiş.
Umuman olganda, yuqorida keltirilgan taşkiliy va amaliy çora-tadbirlarning amalga oşirilişi Özbekiston Respublikasini kiberxavfsizlik yönalişidagi xalqaro reytinglarda yuqori körsatkiçlarga erişişini ta'minlaydi.
Kelgusida kiberxavfsizlik böyiça global reytinglarda Özbekistonning past körsatkiçlarga erişişi – çet el investorlarining respublikadagi raqamli infratuzilma obektlari xavfsizligiga nisbatan işonçsizligining ortişiga olib kelişi mumkin.
Bahodir Ahmedov, axborot xavfsizligi sohasi mutaxassisi