Tashrif dasturida Tashqi ishlar vazirligi, parlament, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yashil o‘sish global instituti (GGGI) va Koreya Respublikasining boshqa idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, Inchhon shahridagi Koreya-O‘zbekiston biznes markazi faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.









