Oğir vazn toifasida reytingning birinçi raqamli boksçisi hisoblangan Jalolov 1/8 finalda ozarboyjonlik Muhammad Abdullayevga qarşi jang qildi. Jalolov jang davomida töliq ustunlik namoyiş etib, ikkinçi raundda raqibini nokdaun holatiga tuşirdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan özbekistonlik sportçining ğalabasini qayd etdi (5:0).

Endi çorakfinalda Jalolovga hindistonlik Satiş Kumar raqiblik qiladi, u 1/8 finalda yamaykalik Rikardo Braun tösiğidan ötdi.

Bungaça Bobo-Usmon Boturov (-69 kg) ham çorakfinal yöllanmasini hal qilgandi (u iştirokini nimçorak finaldan boşlagan). Şuningdek, Elnur Abduraimov (-63 kg), Şahobiddin Zoirov (-52 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg) va Tursunoy Rahimova (-51 kg) ilk janglardan muvaffaqiyatli ötib, nimçorak finalga yöl olgan. Bugun Qahramonov va Rahimova çorakfinal uçun jang qiladi.

Sanjar Tursunov (-91 kg) va Şahnoza Yunusova (-69 kg) ilk raqiblariga mağlub bölib, turnirni 1/16 finaldayoq tark etgandi. Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Dilşod Rözmetov (-81 kg) esa 1/8 finalda yutqazdi.