Qoraqalpoğiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi 2021 yilning 1-yarim yillik davrida jami 405,9 mlrd sömlik 430 ta şartnomalar böyiça tanlov va tender savdolarini örganib çiqqan.

Örganiş natijalariga köra, 300 ta tender savdolarida (323,8 mlrd sömlik) savdolarni ötkaziş tartibini buziş, 4 ta savdolarda (18 mlrd sömlik) iştirokçilar faoliyatini muvofiqlaştiriş, 29 ta savdolarda (26,8 mlrd sömlik) manfaatlar töqnaşuvi, 101 ta holatda şartnoma qiymati 55,3 mlrd sömlik xaridlar savdo ötkazilmasdan töğridan-töğri şartnoma tuzilganlik, 30 ta holatda şartnoma qiymati 26,8 mlrd sömlik xaridlarda buyurtmaçi va iştirokçilar örtasida affillanganlik holatlari holati aniqlangan.

Şuningdek, hisobot davrida qiymati 49,3 mlrd sömlik 175 ta tanlov savdolari böyiça monitoring işlari ötkazilgan. Unga köra, 16 ta holatda savdolar ötkazişning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buziş, 77 ta holatda savdolar iştirokçilarini asossiz ravişda çetlaştiriş, 6 ta holatda iştirokçilar örtasida affillanganlik holatlari, 2 ta holatda buyurtmaçi va iştirokçilar örtasida affillanganlik holatlari aniqlangan.

Qöşimça qilinişiça, davlat xaridlarini amalga oşirişda “Raqobat töğrisida”gi qonunçilik talablariga rioya etilmaganligi uçun 7 ta budjet taşkilotiga iş qözğatilgan.

Qömita budjet taşkilotlari qaysi davlat idorasi ekanligiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Qoraqalpoğiston Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Qönğirotdagi 25 ta namunaviy uy aslida «namunali» bölmay çiqqanini aniqlagandi