Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yo‘lovchiga 250 ming so‘mga soxta PZR-testi natijasini sotgan taksi haydovchisiga sud hukmi o‘qildi
Samarqand shahrida xorijga chiqmoqchi ekanini aytgan yo‘lovchi ayolga 250 ming so‘m evaziga soxta PZR-testi natijasini sotgan taksi haydovchisiga hukm o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi A.R.ga mashinasiga o‘tirgan yo‘lovchi ayol xorijga ketmoqchiligini, ammo koronavirus testi natijasi yo‘qligini aytgan. Shunda haydovchi yarim soatda 400 ming so‘m evaziga PZR test natijalarini tayyorlab berishini aytgan.
Qayd etilishicha, u yo‘lovchi ayoldan pasport nusxasini Telegram orqali tashlab berishini so‘ragan. Ayol analiz topshirmoqchi bo‘lganida, haydovchi unga hammasi onlayn bajarilishini aytgan. Shundan so‘ng, haydovchi Samarqand shahrida joylashgan xususiy klinikalardan birining nomidan soxta test natijalarini tayyorlagan. Haydovchi soxta PZR test natijasini ayolga berib, undan 250 ming so‘m olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan taksi haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan ayblov e'lon qilinib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida taksi haydovchisi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 228-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sud uning oilaviy sharoitini hisobga olib, bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobari, ya'ni 8 million 575 ming so‘m jarima jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid
08:50 / 18.12.2025
Toshkent, Samarqand va Gulistonda 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:00 / 16.12.2025
Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan 37 kg opiy fosh etildi
22:08 / 13.12.2025