Samarqand va Namangan viloyatlarida fuqarolarga soxta PZR-test natijalarini tayyorlab sotayotganlar uşlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 23 aprel kuni fuqarolarga davlat çegarasidan ötiş uçun koronavirus infeksiyasi tahlili natijalari böyiça qalbaki ma'lumotnomalar tayyorlab berayotgan şaxslar faoliyatini foş etiş böyiça IIV Transportda XTB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda Namangan viloyati SEO va JSBda Dezinfeksiya bölimi dezinfektori lavozimida işlovçi, Namangan viloyati Uyçi tumani «Oqtoş» MFYda yaşovçi 1979 yilda tuğilgan S.A. soxta PZR-test natijalarini sotayotganda qölga tuşgan. Jumladan, u N.X., D.Ş. va X.Q.dan analiz tahlillari olmasdan turib ularning nomiga rasmiylaştirilgan ma'lumotnomalarini «xolis xaridor» N.X.ga taqdim qilib, undan 200 ming söm olgan vaqtda uşlangan.

Bundan taşqari, 30 aprel kuni Transportda XTB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Samarqand xalqaro aeroporti yaqinida bir guruh şaxslar tezkor tadbirga «mijoz» sifatida jalb qilingan S.ga «qisqa muddatda 400 ming sömga ekspress tahlil natijasini tayyorlab beriş»ni taklif qilgan.

Olib borilgan tekşiruv harakatlari natijasida uşbu şaxslar «AKMAL TRANS» MÇJda kirakaş bölib işlovçi, Samarqand viloyati Samarqand şahar Xöjaqişloq mahallasida yaşovçi 1986 yilda tuğilgan A.R. va Samarqand viloyati Samarqand şahar Bulvar dahasida yaşovçi 2005 yilda tuğilgan O.N. ekani aniqlangan.

Qayd etilişiça, hozirda har ikkala holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.