Abituriyentlar test sinovlarida iştirok etiş uçun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda şaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda olişlari mumkin.
Şuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab oliş imkoniyati mavjud.
Test sinovlari 5 avgust sanasidan boşlanişini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4 avgust sanasiga qadar yuklab oliş söralmoqda.
Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişlari lozim. Pasport (ID karta) bölmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.













