Fuqarolarning ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari ham pensiyaga chiqishi mumkin. Pensiya jamg‘armasi mas'uli yangi tartib haqida ma'lumot berdi
Endilikda ishlovchi fuqarolarga ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiyaga chiqishi uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi.
Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Nuriddin Shadixo‘jayev Kun.uz’ga bergan intervyusida pensiya tayinlashda o‘rnatilgan yangi tartib haqida ma'lumot berdi.

«Davlat pensiya ta'minoti qonuniga asosan, fuqarolar pensiyaga chiqishlari uchun ma'lum bir talablar bor. Avvalo, yetarli ish staji zarur. Xususan, pensiyaga chiqish uchun erkaklar 25, ayollar 20 yillik ish stajiga ega bo‘lishlari kerak.
Lekin o‘zbek xalqining mentaliteti shuni taqozo qilmoqdaki, ba'zi erkaklar ayoli ishlashini xohlamaydi. Natijada ular pensiya yoshiga yetganda ish stajisiz qolish va pensiya huquqidan mahrum bo‘lish holatlari bor.
Shularni inobatga olgan holda joriy yilgi prezident qarori bilan ishlovchi fuqarolarga ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiyaga chiqishi uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi.
Bunda turmush o‘rtog‘i soliq to‘lovini amalga oshirsa, kelajakda oila, ro‘zg‘or bilan band bo‘lgan ayolida ham pensiya olish huquqi bo‘ladi», dedi u.
Shuningdek, jamg‘arma mas'uli o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun pensiyaga chiqishda yaratilgan imtiyoz to‘g‘risida ham gapirdi.
«Ko‘plab yurtdoshlarimiz chet elda mehnat faoliyati yuritishadi. Ular ham ma'lum vaqt ishlab O‘zbekistonga qaytishadi. Hozirda shunday vatandoshlarimizga ham pensiyaga chiqish imkoniyati yaratildi. Ya'ni xorijda olgan daromadlari hisobidan ijtimoiy soliq to‘lasalar, ularga staj hisoblanadi. Pensiya yoshiga yetganda esa pensiya tayinlash huquqi beriladi», deb ma'lum qildi Nuriddin Shadixo‘jayev.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
Mavzuga oid

16:36 / 20.05.2025
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

16:33 / 10.01.2025
Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun tavsiyalar berildi

20:30 / 11.08.2023
Pensiya jamg‘armasi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

19:43 / 28.03.2022