Lyuksemburgning Ma'lumotlarni himoyalaş böyiça milliy komissiyasi (CNPD) AQŞning Amazon kompaniyasiga Yevropa ittifoqida 2018 yildan beri amal qilayotgan ma'lumotlarni himoyalaş böyiça umumiy tartib-qoidalarni buzgani uçun yirik jarima solişga qaror qildi. Jarima qiymati 746 mln yevroni (887 mln dollar) taşkil etdi va bunday qoidabuzarlik uçun Yevropa ittifoqida solingan rekord jarima hisoblanadi.
CNPD uşbu qarorni Fransiyaning foydalanuvçilar huquqini himoyalaş taşkiloti La Quadrature du Net’ning Amazon’ga nisbatan 2018 yilda bergan şikoyatini körib çiqqandan keyin qabul qildi.
Amazon’ning Yevropadagi boş qarorgohi Lyuksemburgda joylaşgani sababli uşbu iş şu davlatda körib çiqildi.
Amazon’da uşbu qaror “asossiz” deb atalgan. “Heç qanday ma'lumotlarning taşqariga sizib çiqişi yoki mijozlarimiz haqidagi ma'lumotlarning uçinçi tomon qöllariga tuşişi bölmagan. Bu rad qilib bölmaydigan faktlardir. Biz CNPD’ning qaroridan qat'iyan norozimiz”, deb aytilgan kompaniya bayonotida. Kompaniya uşbu qaror yuzasidan tegişli idoralarga şikoyat bermoqçi.

















