“Totalizatorni qonuniylaştiriş foyda bermaydi”
— Totalizatorni qonuniylaştirişning birinçi maqsadi – avvalo, bukmekerlik kompaniyalaridan soliq undiriş. Bu holat Rossiyada ham yuz bergandi. Ayni paytda mamlakatda röyxatdan ötmagan hamma kompaniyalar bloklangan.
Agar totalizator Özbekistonda qonuniylaştirilgan taqdirda ham, kelişilgan öyinlarga qarşi nimadir özgarişiga işonmayman. Bunga deyarli yuz foiz aminman. Çunki kontorra qonuniy yoki qonuniy emasligining bunga umuman daxli yöq.
Özbekistondagi kelişilgan öyinlarda qatnaşadigan odamlarning aksariyati mamlakat içida faoliyat olib bormaydi. Ularning vakillari köproq Osiyoning boşqa mamlakatlarida yoki Rossiyada. Çunki Özbekistondagi öyinlarga çeklov qöyilgan, kamdan kam holatlardagina katta pul tikiş mumkin. Qaysidir öyinga köproq katta pul tikila boşlansa, öşa öyinning koeffitsiyenti tuşib ketadi, yoki öşa öyinga stavka qiliş bekor qilinadi.
Özim ham Özbekistondagi ba'zi öyinlarga qatnaşib qolganman. Koeffitsiyentlardan öyinning natijasini oldindan bilişingiz mumkin. Şu sababli qonuniylaştirilgan bilan heç qanday özgariş bölmaydi. Hozir şu iş bilan şuğullanayotgan odamlar, bundan keyin ham işini davom ettiraveradi.
“Futbolga investitsiya kiritişni ham oşirmaydi”
— Bir narsaga e'tibor qaratiş kerak, totalizator firmalar özbek futboliga investitsiya kiritişi mumkin, ammo bu pullar mamlakat içida öynayotgan odamlar hisobidan amalga oşiriladi. Yaqinda Özbekistonga borib kelganimda guvohi böldimki, futbolga qiziqmaydigan odamlar orasida ham stavka qiliş juda avj olib ketgan.
Hamma faqat yutgan puli haqida gapiradi, ammo heç qaysi biri yutqazgan pullari haqida lom-mim demaydi. Şu sababli, bu juda yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Özbek futboliga totalizator heç qanday foyda keltirmaydi. Odamlar çöntagidan futbolga pul tikişga tayyor bölsa, totalizatorni olib kirişsin. Bukmekerlik kompaniyalari ham ahmoq emas, ular ham bozorni yaxşilab örganib, katta miqdorda pul olib çiqişga amin bölişsagina, mamlakatga kirişadi.
Kompaniyalar qonuniy tarzda işlaşni boşlaşsa, ular qonuniy tarzda reklama berişni ham boşlaşadi. Bu esa öynaydiganlar sonini karrasiga oşirişi mumkin.
“Agar faqat yutaversangiz, bekmekerlik kompaniya sizni bloklab qöyadi”
— Hozir deyarli öynamayman. Vaqtida katta summalarni tikkanman, yutqazganman, ba'zida yutganman. Umumiy hisobda baribir yutqizganman. Birinçi marta 2004 yilda stavka qilganman. Taxminan, 16-17 yildan beri şuğullanaman.













