Bugun Özbekiston hududining katta qismida quruq va örtaça issiq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat eng çekka şarqiy hududlarda bulutlilikning konvektiv rivojlanişi kuzatiladi, buning hisobiga Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida, şuningdek respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi. Peşinga kelib, termometr körsatkiçi 36-39 daraja issiqqaça kötariladi, bu avgust oyi boşidagi me'yordan 3-4 darajaga yuqori.
“Özgidromet” xabariga köra, ertaga va iş haftasining oxirigaça tekislik hududlarida havoning örtaça issiq bölişi davom etadi, havo harorati asta-sekin kötariladi, ammo uşbu kunlardagi anomal harorat iyul oyining eng issiq davridagidek ahamiyatli emas. Keçalari asta-sekin uzayadi, kunlar esa qisqarişni boşlaydi.
Uşbu haftaning katta qismi davomida respublikaning toğoldi va toğli hududlarida konvektiv bulutlarning rivojlanişi kuzatiladi, buning natijasida mahalliy yomğir va momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi.
Respublika böyiça 2-4 avgustda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.
2-5 avgustda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel kelişi xavfi saqlanib turadi.












