Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Paşinyanni mamlakat boş vaziri etib tayinladi. Bu haqdagi tegişli hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi.  

Paşinyanning nomzodi parlamentda köpçilikni taşkil etuvçi «Grajdanskiy dogovor» partiyasi tomonidan ilgari surilgandi.

Armaniston konstitutsiyasiga muvofiq, milliy majlis vakolatlarining yangi muddati boşlanganida prezident parlamentdagi köpçilik taklif etgan nomzodni boş vazir etib tayinlaydi. 

20 iyun kuni «Grajdanskiy dogovor» partiyasi parlamentga muddatidan avval bölib ötgan saylovda ğalaba qozongandi.