Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetiştirişga ixtisoslaştiriladi. Ixtisoslaşgan tumanlardagi 156 ming gektar maydonda (şu jumladan 2021 yilda 50 ming gektar) uzumzorlar barpo etilib, ularni iste'molçiga yetkazişga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.

2021 yil 1 avgustdan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari (suğoriladigan va suğorilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etiş va uzumçilikni rivojlantiriş uçun oçiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi. Oçiq tanlovga yer uçastkalari dehqon xöjaliklari taşkil etgan holda tokzorlar barpo etiş uçun – 0,06 – 1 gektar ölçamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etiş uçun 1 – 30 gektar ölçamlarda çiqariladi.

2021 yil 1 sentyabrdan: 

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan, uzumçilikni rivojlantiriş böyiça doimiy loyiha ofislari taşkil etiladi; 
  • aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum yetiştirişni kengaytirişning yangi mexanizmi joriy etiladi;
  • uzum yetiştiriş, uni quritiş, qadoqlaş, qayta işlaş, tayyor mahsulot işlab çiqariş hamda eksport qilişning töliq siklini yaratiş maqsadida uzumçilik klasterlari taşkil etiladi.

2022 yildan har ikki yilda bir marotaba uzumçilik yönalişida “eng yaxşi uzum navi”, “eng yaxşi intensiv tokzor”, “eng yaxşi mahalliy uzum navi” kabi nominatsiyalarda ötkaziladigan respublika körik tanlovi ta'sis etiladi.