Microsoft kompaniyasi asosçisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Frenç Geyts rasman ajraşiş jarayonini yakunlaşdi.
CNN Business telekanali ma'lumotlariga köra, 2 avgust kuni ularning ajraşiş haqidagi qarori sud tomonidan ma'qullandi.
Telekanalning sud hujjatlariga tayanib xabar berişiça, sobiq er-xotindan birortasi bir-biriga aliment tölaymaydi. Ajraşiş jarayonining boşqa moliyaviy tomonlari ma'lum qilinmagan.
Şuningdek, hujjatlarda Melinda Geyts öz familiyasini özgartirmoqçi emasligi körsatilgan.
Juftlik 27 yillik birgalikdagi turmuşdan keyin ajraşişi haqida may oyida e'lon qilgandi. Juftlikning bu boradagi bayonotida ular bunday qarorga “juftlik sifatida ortiq ösa olişlariga işonmayayotganlari” sababli kelganlari aytilgan.
Biroq OAVning xabar berişiça, juftlikning ajraşişiga Bill Geytsning odam savdosida ayblangan moliyaçi Jyeffri Epşteyn bilan aloqaga ega bölgani hamda Microsoft xodimalaridan biri bilan işqiy munosabatlarda bölgani sabab bölişi mumkin.
Bill va Melinda Geyts özlarining birgalikdagi jamğarmalari doirasida özaro faoliyatni davom ettirişlarini ta'kidlab ötişgan.
Bill Geyst Melinda bilan u Microsoft’da 1987 yilda faoliyatini boşlaganda tanişgan. Juftlik 1994 yilda turmuş qurgan. Hozir ularning ikki qiz va bir öğil farzandi bor.
Ayni vaqtda Bill Geytsning boyligi 131 mlrd dollarga baholanmoqda.












