Xalqaro valuta jamğarmasi koronavirus pandemiyasidan keyin jahon iqtisodiyotini tiklaş uçun öz zaxiralaridan 650 mlrd dollar ajratilişini ma'qulladi.
XVJ bu maqsadda rekord qiymatdagi 456 mlrd SDR (XVJning tölov birligi), ya'ni 650 mlrd dollar ajratadi. Uşbu mablağlardan 275 mlrd dollari bozori şakllanayotgan va rivojlanayotgan davlatlarga yönaltiriladi.
“Bu tarixiy qaror - XVJ tarixida SDR’ning eng yirik taqsimlanişi va misli körilmagan inqiroz vaqtida jahon iqtisodiyoti uçun emdoridir. SDR’ning taqsimlanişi XVJga a'zo barça davlatlar manfaatiga xizmat qiladi”, deb aytgan jamğarma rahbari Kristalina Georgiyeva.
Mablağlarni ajratiş qarori 23 avgustda kuçga kiradi. Ular XVJga a'zo davlatlarga kvotalarga mutanosib ravişda ötkaziladi.
Georgiyevaning ta'kidlaşiça, XVJ boy davlatlarni öz SDR’larini noçor davlatlar foydasiga yönaltirişga köndirişga urinib köradi.
Jamğarma jahon iqtisodiyoti joriy yilda 6 foizga, 2022 yilda esa 4,9 foizga ösişini kutmoqda.
SDR (ing . Special Drawing Righs) – XVJning hisob-kitob birligi bölib, unga a'zo davlatlarning kvotasiga mutanosib ravişda taqsimlanadigan, xalqaro hisob-kitoblarda işlatiluvçi xalqaro zaxira aktiv. Biror mamlakat, agar zaruriyat tuğilsa, öziga tegişli SDR’ni boşqa valutaga alşmaştirişi, garovga qöyişi, swap bitimlarda işlatişi, u orqali qarzlarini qaytarişi mumkin.
Özbekistonning XVJda bugungi kundagi kvota ulişi 0,12 foizga teng. Bu degani taxminan 780 mln dollar (650 mlrd.ning 0,12 foizi) Özbekistonga taqsimlanişini anglatadi.
Ma'lumot uçun, 2021 yil 1 aprel holatiga köra, Özbekistonning umumiy taşqi qarzi joriy yil boşiga nisbatan 1 foizga yoki 310,6 mln dollarga oşdi va 34,2 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.
Xususan, joriy yilning birinçi çoragida davlat taşqi qarzi 156,7 mln dollarga kamayib, asosiy qarz tölovlari amalga oşirilişi va kurslar özgarişi hisobiga 21,2 mlrd dollarni taşkil qilgan. Xususiy taşqi qarz esa 467,3 mln dollarga oşib, uşbu ösiş asosan banklar hissasiga töğri kelgan.
2021 yil 1 yanvar











