“Sputnik” uça olmadi. Vaksinaning dunyo böyiça şartnomalari bekor bölmoqda
|20:11 / 05.08.202158 8449 min
Rossiya hukumati “Sputnik” preparatini 70 davlatda röyxatdan ötkazişga erişib, dunyo böylab yetkazib beriş böyiça önlab şartnoma tuzişga muvaffaq bölgandi. Vladimir Putin tomonidan tantanali ravişda taqdim qilinganidan bir yil ötar-ötmay şartnomalar şartlarini bajariş Rossiyaga oson keçmayotgani körinib qoldi.
Ötgan haftada Boliviya poytaxti La-Pasda norozi aholi guruhlari töplandi. Ular Miraflores va Irpavi tumanlarining kvartallariga kiriş yöllarini tösib qöyib, mutasaddilardan "Sputnik V"ning ikkinçi dozasini berişni talab qilişdi.
Ularni yöllar tösilgan hududda joylaşgan UMSA universitetining tibbiyot fakultetida emlaşlari lozim edi. Lekin norizo boliviyaliklarni emlaşga vaksina yöq. Boliviya rasmiylari Rossiyadan kelayotgan vaksina yetmayotganini ma'lum qilişgan.
2020 yilning oxirida imzolangan şartnomaga köra, Boliviya may oyi oxiriga qadar 5,2 million doza “Sputnik” vaksinasini olişi kerak edi. Iyul oxirigaça kelişilgan hajmning atigi törtdan bir qismi yetkazib berildi. 30 iyungaça 745 ming doza keltirilgan bölsa, iyulning ikkinçi yarmidan boşlab yana 525 ming doza yetkazildi. Keyin 200 ming dozalik partiya uşlanib qolayotgani aytildi.
Boşqa mamlakatlar kabi Boliviyaga ham vaksina birinçi doza uçun yetkazib berilgan va bu ularni murakkab holatga qöymoqda – “Sputnik”ning ilk dozasi bilan emlanib bölganlarning immunizatsiyasini tugatiş uçun vaksina yöq. Mutasaddilar şundoq ham dozalar orasidagi muddatni ikki karra uzaytirişdi.
Bu “Sputnik” vaksinasining turli qit'alardagi turli davlatlarga yetkazib berişda uzilişlar kuzatilayotganiga navbatdagi misoldir. Boliviya şartnoma şartlari bajarilmayotganini ma'lum qilgan köplab davlatlarning biri, xolos. Boşqa bir neça davlatlar kabi “Sputnik”ning ikkinçi dozasi yetib kelmayotgani bois, Boliviya ham bu preparatni boşqa vaksinalar bilan aralaş qöllaş haqida öylamoqda.
Vaksina yöqligidan noroziligini ifoda qilgan ilk davlat Gvatemala bölgandi. Iyun oyi oxirlarida mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Ameliya Flores Moskvadagilardan aprelda 16 million dozaga bönak sifatida tölangan 79 million dollarni qaytarişni söradi. Gvatemala hukumati ma'lumotiga köra, iyun oyi oxirigaça 150 ming doza yetkazib berilgan, xolos.
Mavzuga oid
Gvatemala SSVning demarşi katta ta'sir ötkazgani yöq. Vazirning bayonotidan söng Rossiya Gvatemalaga 200 ming doza vaksina jönatdi. Keyinroq yana şunça “Sputnik” keldi. Rossiyaning Gvatemaladagi elçisi muammoni yeçiş uçun qöldan kelgança harakat qilişini aytdi.
Hozirça faqat moliyaviy yeçim topildi. 27 iyul kuni Gvatemala prezidenti Alexandro Jiammatei uning davlati “Sputnik”ning kelişilgan 16 millionlik dozasining teng yarmini olmasligini ma'lum qildi. Bönak Rossiyada qoladi, biroq Gvatemala boşqa pul bermaydi.
Ilk kelişuv 18 million aholiga ega Gvametalaning yarim aholisini vaksinatsiya qiliş imkonini berardi. Endilikda Jiammatei ta'kidlaganidek, mablağ boşqa vaksinalar sotib olişga yönaltiriladi.
“Vaksina kokteyllari – kelajakdagi iş”
Angoladan tortib to Ekvadorgaça “Sputnik” vaksinasi röyxatdan ötkaziş bilan boğliq 70 kelişuv va köp millionli (doza va dollarda) şartnomalar Rossiyaning “vaksina diplomatiyasi” yuritayotgani haqidagi gap-sözlarga sabab böldi. Axir sönggi yillarda ilk bor bunday keng frontda savdo hamkorligi yölga qöyilayotgan va bu harbiy soha emasdi.
“Sputnik”ni zarur miqdorda işlab çiqariş bilan boğliq muammolar qişdayoq böy körsatgan, ammo 2021 yilning martida Rossiyaning töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyadan taşqari 700 million kişini vaksina bilan ta'minlaş imkoni borligini ta'kidlab bayonot bergandi. Biroq iyulga kelib Rossiya vaksinasini kutayotgan köplab davlatlar şartnomada körsatilgan miqdorning bir neça foizini olişdi, xolos.
RFPIning tvitterdagi hisobida “Sputnik”ni boşqa vaksinalar bilan birga qöllaş haqida ham gap ketgan. RFPI bunday tajribalarni yoqlaydi. “Biz har doim vaksina kokteyllari kelajakda amalga oşiriladigan iş, deb aytib kelganmiz. Biz barça vaksina işlab çiqaruvçilariga kovid mutatsiyalariga qarşi preparatimizdan foydalanişni taklif qilamiz”, deyiladi postlarning birida.
Vaksinalarni aralaş qöllaş ğoyasi “Sputnik”ni yetkazib beriş bilan boğliq muammolar tufayli tuğilganini RFPI esga olmagan ham.
Ikkinçi dozani kutiş
Argentina xorij davlatlari orasida Rossiya vaksinasiga eng birinçi va eng katta buyurtma bergan davlat edi – Rossiya bu «kumuş» mamlakatga 11 million doza “Sputnik” yuborgan. Argentina “Sputnik” bilan emlaşni yanvarning örtalarida boşlagan va immunizatsiya tempi böyiça Rossiyaning özidan ham ilgarilab ketdi. Aynan Argentinadagi immunizatsiya statistikasi “Sputnik”ning samaradorligi va nojöya ta'sirlari borasidagi ilk mustaqil tadqiqot natijalarini taqdim qildi.
Biroq yetkazib beriş grafigiga ulgurmaslik (Argentina rasmiylari 10 million doza fevral oxirlarigaça yetkazib berilişini xabar qilişgandi) juda tez ayon böldi. Alaloqibat iyul örtalariga kelib vaksinaning ikki dozasini olganlar 2,5 million kişini, birinçi dozasini olganlar esa 6,8 million kişini taşkil etdi. Bir million argentinalik esa birinçi dozani olib, ikki doza örtasida ötişi kerak bölgan maksimum muddat bölmiş uç oyni ötkazib yuborişdi.
Majburiy kombinatsiya
Argentinaning tört provinsiyasida “Sputnik”ni boşqa vaksinalar bilan aralaş qöllaş böyiça çeklangan sinovlar boşlandi.
Buenos-Ayresdagi tajribalar nihoyasiga yetdi. Samarani baholaş uçun “Sputnik” bilan emlangan 180 kişi tanlab olingandi. Ularning uçdan biri ikkinçi doza sifatida “Sputnik”, yana uçdan biri “Astra-Zeneka”, qolganlari esa “SinoFarm” vaksinalarini olişdi. Sönggi xabarlarga köra esa, vaziyat taqozosiga köra, Argentina rasmiylari “Moderna” vaksinasini ham tajribaga qöşişmoqçi.
Buenos-Ayres hududi Soğliqni saqlaş vaziri bayonotiga köra, bu kabi aralaş emlaşlarning nojöya ta'sirlari haqida emlaşdan 2-3 kun ötib xulosa qiliş, “kokteyl”larga immun javoblarni tahlil qiliş mumkin böladi. Ammo buni amaliyotga qaçon tatbiq etiş mumkin bölişi haqidagi kutilmalar aniq emas: mahalliy sinovlarning barça natijalari soğliqni saqlaş sohasidagi milliy regulyator tomonidan tasdiqlanişi şart.
Meksika, Eron, yana qayer?
Ayni muammo mintaqaning boşqa davlatlarida ham bor. Xabarlarga köra, “Sputnik”ni boşqa vaksina bilan aralaş qöllaş haqida Paragvay ham boş qotirmoqda. Paragvay rasmiy Moskva bilan bir million doza vaksina sotib oliş borasida bitim qilgan, lekin hozirda faqat 380 ming doza olgan va bu vaksinalar qöllab bölingan. Avgustning ilk haftasida, Infobae naşrining hisob-kitobiga köra, 40 ming paragvaylik ikkinçi dozani olişi kerak edi, lekin vaksina yöq.
“Sputnik”ning eng yirik buyurtmaçilaridan biri Meksika. Biroq mamlakat prezidenti Manuel Lopes Obrador 24 million doza yetkazib beriş uçun tuzgan şartnomaga qaramay (xabarlarga köra, iyun oxirigaça) Meksikaga 4,1 million doza vaksina yetkazilgan, xolos. La Silla Rota naşri hukumat manbalariga tayangan holda Rossiya kelişuv böyiça may oxirigaça yetkazilişi kerak bölgan vaksinaning 88,5 foizini yetkazib bermagan.
“Sputnik”ni yetkazib beriş böyiça muammolar Eronning ham boşiga tuşgan. Fevralda Eronning Rossiyadagi elçisi Kozim Jaloliy jurnalistlarga birinçi fazada Tehronga 5 million doza vaksina yetkazib berişga kelişilgani haqida xabar qilgandi. Keyinroq mahalliy OAV gap 2 million doza haqida ketgani va uning yarmi mart oyining ikkinçi yarmigaça yetkazib berilişi şartligi haqida xabar topgan. Amalda esa, mart oyida 500 ming doza vaksina kelgan.
Iyunga kelib “Sputnik”ning töqqizinçi partiyasi yetkazib berilişi haqida xabarlar tarqaldi. Lekin öşanda ham umumiy hisobda 920 ming doza jönatildi – bu esa, 2 millionning yarmi ham emas. Iyun oxirlariga kelib mutasaddilar “Sputnik”ni Eronda işlab çiqariş rejalari haqida ma'lum qilişdi. Bu röy bersa, Eron Yaqin Şarq davlatlari orasida Rossiya vaksinasini işlab çiqaruvçi birinçi mamlakatga aylanadi.
“Sputnik” vaksinasini oliş böyiça, şuningdek, Afrika davlatlari, Markaziy Amerika mamlakatlari ham qiyinçiliklarga duç kelişmoqda. Rossiyaning töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RFPI) va'dalar berişda davom etmoqda.