Tana harorati 37 darajadan baland bölgan abituriyentlar test sinoviga qöyilmaydi. Ular uçun qöşimça test sinovlari taşkil qilinadi. Bu haqda bloger va huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev öz telegram kanalida ma'lum qildi.
Oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun pandemiya şaroitida ötkazilayotgan test sinovlariga kelgan abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bölsa, öşa yerdagi SES xodimi hamda Davlat test markazi vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi va testga kiritilmaydi.
Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabovning bloger bilan suhbatda aytişiça, ötgan öquv yili uçun ötkazilgan test sinovlarida boşqa sabablarga köra (havo issiqligi, hayajonlaniş, yugurib keliş oqibatida) tana harorati oşiş holatlari ham kuzatilgan. Bunday vaziyatda biroz vaqt ötib tana harorati öz örniga tuşadi. Agar harorat pasaymasa, bu abituriyent tibbiy tekşiruvga yuborilib, koronavirusga test topşiradi. Virus aniqlangan holda u 14 kunlik karantindan keyin imtihon topşiradi.
Imtihonga qadar koronavirusga çalingan abituriyent Davlat test markaziga ariza va COVID-19 tasdiqlangani töğrisidagi ma'lumotnomani taqdim etişi kerak. Ötgan yilgi imtihonlarda keç qolgan abituriyentlar orasida koronavirusga çalingani sababli kela olmaganini vaj qilib körsatgan abituriyentlar ham uçragan.
«Şunday holatlarning oldini oliş maqsadida bu ma'lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tekşiriladi. Test sinovlari töliq yakunlangandan söng bu abituriyentlarga qayta test sinovi topşiriş imkoniyati beriladi. Ötgan yili eng oxirgi test sinovlaridan 4 kun ötib qayta imtihonga ruxsat berilgan edi. Joriy yilda bu muddatni biroz çöziş rejalaştirilgan. Çunki ba'zi abituriyentlar töliq tuzaliş bosqiçida bölmasligi mumkin. Bu esa öz navbatida imtihon javoblari biroz keçikişiga ham sabab bölişi mumkin.
Ta'kidlaş joizki, uşbu qöşimça test sinovlariga faqat va faqat yuqoridagi ikkala holatdagi abituriyentlar çaqiriladi. Testga keçikib kelgan yoki boşqa sabablar (homiladorligi, jarohatlangani, operatsiya bölgani, boşqa kasalliklardan davolanayotgani) bilan murojaat qilgan abituriyentlar qöşimça test sinovlariga qöyilmaydi», degan DTM mutasaddisi.
Avvalroq test ötkaziladigan stadion va xiyobonlar böyiça ma'lumotlar
















