“Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi qulab tuşgani holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Buxoro viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, madaniy meros obekti hisoblangan “Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi qulab tuşganligi holati viloyat prokuraturasi tomonidan örganildi.
“Örganiş natijasida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda”, deyiladi ma'lumotda.
Jinoyat kodeksining 207-moddasiga (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) köra, mansabga sovuqqonlik bilan qaraş, ya'ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi mansabdor şaxsining öz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarça munosabatda bölişi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga köp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilişiga sabab bölsa — bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan rasmiy ma'lumotga köra, köp yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yoğingarçiliklar va yer osti suvlarining kötarilişi) ta'sirida joriy yilning 30 iyul kuni “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bölagi öpirilib tuşgan.
Buxoro viloyat madaniy meros boşqarmasi matbuot xizmati xabar berişiça, “Abdullaxon” madrasasini töliq ta'mirlaş va tiklaş işlari uçun taxminan 6 mlrd söm miqdorida mablağ talab etiladi.












