Bu haqdagi qaror partiyaning 6 avgust kungi navbatdan taşqari plenumida qabul qilindi. Qodirov nomzodi endilikda partiya qurultoyida ham ma'qullanişi kerak.

«Milliy tiklaniş» partiyasi yetakçisi tadbir yakunida taşkil qilingan matbuot anjumanida ham qatnaşdi.

Quyida Alişer Qodirovning OAV vakillarining savollariga bergan javoblari bilan tanişişingiz mumkin.

— Bizdagi ma'lumotlarga köra, prezidentlik saylovida «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan nomzod sifatida körsatiş uçun 3 nafar siyosatçi nomi bölgan. Bular: Senat raisi örinbosari Sodiq Safoyev, partiya raisi örinbosari Firuza Muhammedjonova va Alişer Qodirov. Xöş, plenum nima uçun sizni tanladi?

— Menda bunday ma'lumot yöq.

— Lekin bizda bor.

— Barça fidoyilarimiz uzoq muhokamalardan keyin partiya ilgari surayotgan ğoyalar böyiça menga işonç bildirdi. Keyingi qiladigan işlarimiz esa Markaziy saylov komissiyasi bilan işlaş böladi. Biz şuningdek, nomzodni partiyaning eng yuqori organi Qurultoyga berişimiz kerak. Agar bizning nomzodimiz qurultoyda ham ma'qullansa, biz jarayonlarga kirişamiz.

— Bugungi plenumda nomzodi prezidentlikka körsatilgan Alişer Qodirov nimani orzu qilyapti?

— Saylovda ğolib bölişni.

— Qanday maqsadlar bilan?

— Maqsadlarimiz dasturlarimizda belgilangan. Unda Özbekistonning rivojlanişi, uning bugungi muammolarini bartaraf etiş va xalq yaxşi yaşaşi uçun barça masalalar aks etgan.

— Partiyalar saylov oldidan öz nomzodlarini e'lon qilar ekan, voqelik odamlar orasida istehzoli fikrlar bilan kutib olinyapti? Bu sizningça nimani bildiradi?

— Ijtimoiy tarmoqlar xalq degani emas.

— Lekin undan xalqning faol qatlami foydalanadi.

— Men bunday deb öylamayman. Çunki biz köça, bozorlarda yuribmiz. U yerdagi aholi bilan ijtimoiy tarmoqlardagi aholining fikri bir-biriga butunlay teskari. Şuningdek, bugun ijtimoiy tarmoqlarda fikrlarni manipulyatsiya qiliş mumkin. Oqni qora, qorani oq qilib körsatiş mumkin.