“OAVda Tavuş oblasti, xususan Voskepar qişloğida rossiyalik harbiylar borligi haqida berilgan ma’lumot yuzasidan şuni ma’lum qilamizki, uşbu hududda haqiqatan ham rossiyalik çegaraçilar joylaştirilgan. Hozirda u yerda çegaraçilar uçun binolar qurilmoqda”, deb aytilgan xabarda.

Ta’kidlanişiça, uşbu jarayon Armaniston-Rossiya hamkorligi doirasida amalga oşirilmoqda. 

29 iyulda Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan hukumat yiğilişida Armaniston-Ozarboyjon çegarasidagi bir neçta nizodan keyin Moskva bilan çegarada rossiyalik çegaraçilarni joylaştirişni muhokama qilişga tayyorligini ma’lum qilgan. U çegaradagi vaziyatni beqaror deb baholagan va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga çegara böylab monitoring missiyasini joylaştirişni taklif qilgan. Uning ta’kidlaşiça, bu çegarani delimitatsiya va demarkatsiya qiliş işlarini jangovar töqnaşuvlar xavf-xatarisiz amalga oşirişga imkon beradi.

Ikki davlat çegarasidagi vaziyat 12 maydan beri notinç bölib qolmoqda. Öşanda arman tomoni ozarboyjonlik harbiylar Armanistonning Syunik oblastidagi çegaraoldi tumanlaridan birida “muayyan işlarni” amalga oşirişga uringanini ma’lum qilgan. Şundan beri ikki tomon çegarada nizolar çiqayotgani haqida ma’lum qilib, ularda bir-birini ayblab kelmoqda.