«Barselona» argentinalik hujumçisi Lionel Messi klubni tark etişi haqida e'lon qildi.
Kataloniyaliklar sayti xabariga köra, şartnomani uzaytiriş böyiça kelişuv bölganiga qaramay, Messi jamoada qolmaydigan böldi. Iqtisodiy qoidalar va Primeradagi çeklovlar tufayli tomonlar yangi kelişuv tuza olişmagan.
Messining «Barselona» bilan sönggi şartnomasi muddati iyun oyi oxirida yakuniga yetgandi.
Rejaga köra, 34 yoşli argentinalik bilan avgust oyi boşida kelişuv tuzilişi kutilgandi. Ammo 5 avgust kuni yangi şartnoma böyiça muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgani ma'lum böldi.
Forvard kök-anorranglilar jamoasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi - u 2003 yildan buyon butun faoliyatini kataloniyaliklar safida ötkazayotgandi.
U klub safida 35 sovrin qölga kiritgan - ön karra Ispaniya çempioni bölgan, yetti bor mamlakat Kubogida, sakkiz marta Superkubokda zafar quçgan. Şuningdek, tört bor Çempionlar ligasida, uç martadan UYeFA Superkubogi va klublar örtasidagi jahon çempionatlarida ğolib çiqqan. Kök-anorranglilar libosida jami 778 öyinda maydonga tuşib, 672 gol urgan va 305 assist amalga oşirgan.
Yakunlangan mavsumda u Ispaniya çempionatida 35 öyinda maydonga tuşib, 30 gol urgan (uçtasi — penaltidan) va töqqiz golga uzatma bergan. «Barselona» 38 öyinda 79 oçko jamğargan va uçinçi örinni egallagan, 2020/2021 yilgi mavsum çempioni 86 oçko töplagan «Atletiko» bölgandi.
2020 yil avgustida Messi klub rahbariyati bilan ziddiyat tufayli «Barselona»ni tark etişga harakat qilgandi. Keyinroq u jonajon jamoasi bilan sudlaşişni istamagani, şuningdek, oilasi Barselonada yaşaşda davom etişni istagani uçun qolişga qaror qilganini aytdi.
Messi olti marta «Oltin töp» sohibi bölgan.












