Samarqanddagi test sinovlari viloyatdagi 5 ta sport maydonlarida ötkazilmoqda. Samarqand şahri Depo köçasidagi «Lokomotiv» futbol maydonida 1200ta, Sartepo 2-BÖSM futbol maydonida 1080ta, Kimyogarlar qörğoni «Nurafşon» futbol maydonida 960ta, Samarqand tumanidagi BÖSM futbol maydonida 960 ta, Jomboy tumanidagi BÖSM futbol maydonida 1200ta — jami 5400ta örin hozirlangan.

Kun.uz Samarqand şahridagi «Lokomotiv» futbol maydonida bölib, test jarayonlarini kuzatdi.

Davlat test markazi mas'ul xodimi Nurxon Bekniyozov 1-smenada 160 nafarga yaqin abituriyent test sinovlarida qatnaşmaganini ma'lum qildi. Bekniyozovga köra, test sinovlariga kirmagan abituriyentlar içida kimdir ma'lum sabab bilan, masalan, koronavirusga çalingan bölsa, davolanayotganini asoslovçi hujjatlarni taqdim qilgan taqdirda yana bir marta test topşiriş uçun imkoniyat beriladi. Şuningdek, imtihonga kirişdan avval harorati yuqori bölgan abituriyentlar ham maydonga kiritilmagan.

Birinçi smenada «Lokomotiv» maydonida bir nafar, viloyat böyiça yetti nafar abituriyent taqiqlangan harakatlar qilgani yoki turli qurilmalar olib kirişga uringani uçun imtihondan çetlatilgan.

Ma'lumot örnida aytiş mumkin, Samarqand viloyatidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari uçun 12450 ta kvota ajratilgan.
Davlat test markazi mas'ullarining ma'lum qilişiça, 5–14 avgust kunlari Samarqand şahrida abituriyentlarni manzilga yetkaziş uçun alohida yönalişlar taşkil qilingan. Uşbu yönalişlarda maxsus avtobuslar ertalabki 4:30 dan 6:00 gaça, kunning ikkinçi yarmida keç soat 21:00 dan 22:00 gaça (imtihon bölib ötadigan hududdan birinçi manzilgaça) harakatlanadi.
Uşbu maxsus avtobuslar Iştixon, Qöşrabot, Payariq, Oqdaryo tumanlaridan imtihon topşiruvçi abituriyentlar uçun Ibn Sino va Dahbed köçasi çorrahasida;
Paxtaçi, Narpay, Kattaqörğon (tuman va şahar), Nurobod va Past Darğom tumanidan keluvçi abituriyentlar uçun «Hazora» avtoboşbekatida;













