Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboşi şahriga taşrif buyurdi.
Davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Avval xabar berilganidek, ertaga, 6 avgust kuni Özbekiston Prezidenti “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvida iştirok etadi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusini ilgari surgan edi. U barça qöşni mamlakatlar tomonidan qöllab-quvvatlanib, birinçi sammit 2018 yil mart oyida Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton şahrida ötkazilgan edi. Ikkinçisi esa 2019 yil noyabrda Toşkent şahrida bölib ötdi.
Navbatdagi sammitda, avvalo, ilgari erişilgan kelişuvlarning natijalari körib çiqiladi. Mintaqada barqaror va izçil taraqqiyotni ta'minlaş, savdoni rivojlantiriş, energetika sohasida şeriklik uçun qulay şaroitlar yaratiş, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytiriş, pandemiyaga qarşi birgalikda kuraşiş masalalari muhokama qilinadi.
Özbekiston prezidenti öz nutqida döstlik va yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va kömak munosabatlarini yanada mustahkamlaşga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surişi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yönalişlarini bayon etişi kutilmoqda.
Sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakçi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar körgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san'at ustalari konserti ham ötkaziladi.











