Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MÇJ (Kompaniya) ustav kapitalidagi 57,118 % davlat uluşini “Coca-Cola İçyecek A.Ş.” (CCI) kompaniyalar guruhiga, unga töliqligiça qaraşli bölgan “CCI International Holland B.V.” şu'ba korxonasi orqali 252,28 million AQŞ dollariga sotiş (Bitim) böyiça kelişuvga erişilganini ma'lum qildi.

Bitim Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan ma'qullangan.

Bitimni yakunlaş jarayoni tartibga soluvçi organlar tomonidan beriladigan muayyan ruxsatlar olinişini talab qiladi.

“Mazkur bitim xalqaro amaliyotda qabul qilingan va Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablaridan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi PF–6096-son Farmoniga asosan, ommaviy oşkora sotuv jarayoni şaklida taşkil etildi.

Davlat uluşining mazkur sotuv jarayoni “Rothschild & Co” agentlikning moliyaviy maslahatçisi, Dentons esa yuridik maslahatçisi sifatidagi iştirokida amalga oşirildi”, – deyiladi rasmiy relizda.

Coca-Cola kompaniyasi haqida

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MÇJ – Özbekistonda gazlangan alkogolsiz içimliklar işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya bölib, u Toşkent, Namangan va Urganç şaharlarida işlab çiqariş zavodlariga, şuningdek omborxonalar tarmoğiga ega.

2020 yil yakunlari böyiça kompaniyaning sof foydasi 205 mlrd. sömni taşkil etgan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi kompaniyaning sotilişi böyiça qöşimça axborot berişini ma'lum qilgan.

“Coca-Cola İçyecek A.Ş.” kompaniyalar guruhi haqida

Telegram'dagi davletovuz kanali oçiq manbalarga asoslanib xaridor haqida ayrim ma'lumotlarni taqdim etdi.

Unga köra, Coca-Cola İçecek A.Ş. kompaniyasining 50,3 foiz aksiyasiga Anadolu Efes, 20,1 foiziga The Coca-Cola Company, 3,7 foiziga Özgörkey Holding egalik qiladi. Qolgan 25,9 foizi Turkiya birjasida kotirovka qilinadi.