Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida kovrak yetiştiriş bilan şuğullangan tadbirkorlarning videomurojaati tarqaldi. Unda ma'lum qilinişiça, kovrak ekilgan maydonlar qorakölçilik klasterlari tomonidan talon-toroj qilinmoqda. Tuman hokimligi mazkur masala böyiça öz munosabatini bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanida öndan ziyod tadbirkorning kovrak ekilgan yer maydonlari qorakölçilik klasteri xodimlari tomonidan noqonuniy ravişda talon-toroj qilinayotgani haqida videomurojaat tarqalgan. Murojaatda tadbirkorlar milliardlab ziyon körayotganini aytib, mutasaddilardan kömak kutayotganini ma'lum qilgan.
Mazkur holat böyiça tuman hokimligi munosabat bildirib, iş viloyat işçi guruhi tomonidan örganib bölingani, biroq yakuniy töxtamga kelinmaganini ma'lum qilgan.
Qayd etilişiça, işçi guruh holatni örganiş davomida yeri tortib olinganini aytayotgan tadbirkorlarga ayni kunda klaster egaligiga ötgan pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasiga qaraşli yerlardan ijara asosida foydalaniş taklifini bergan. Taklif berilgan paytda taklifga rozi bölgan ayrim tadbirkorlar endilikda mazkur taklif ularga ma'qul kelmayotganini bildirgan. Şundan söng videotasvirlardagi holat kelib çiqqan.
Hokimlik mazkur voqeani örgangan viloyat işçi guruhi yakuniy xulosa bergaç, masala yeçim topişini qöşimça qilgan.
Ma'lumot uçun, 2021 yil 8 iyulda prezidentning «Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalaniş, ipak va junni qayta işlaşni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori e'lon qilingan. Mazkur qarorning 6-bandiga asosan, endilikda jismoniy va yuridik şaxslar Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hududida dorivor ösimliklarni, şu jumladan, kovrak ösimligini yiğiş, ekiş va yetiştiriş uçun qömita bilan ijara şartnomasi tuzib, unda belgilangan hududlarda rejasini amalga oşirişi belgilab berilgan.
Prezidentning 2020 yil 2 sentyabrdagi «Özbekiston Respublikasi pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi farmoniga köra, Dehqonobod tumanidagi barça – 177 ming gektar yer maydoni Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi hisobiga ötgan. Şu jumladan, tumanda faoliyat olib borgan va har yili örtaça 5-6 million dollarlik eksport körsatkiçlariga ega bölgan 21 nafar kovrak yetiştiruvçi tadbirkorlarning yerlari ham qömita hisobiga ötib ketgan.

















